Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda “O‘zarxiv” agentligi hamkorligida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan tarixiy va yangilanayotgan O‘zbekistonni aks ettiruvchi turli mavzulardagi kartinalar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tomonidan olingan fotolar hamda “O‘zarxiv” agentligida saqlanayotgan suratlar namoyish etildi.
[gallery-3675]
Ko‘rgazmadan zavqlanib maroqli dam olgan ishtirokchilar o‘zlarining e’tiborlarini tortgan va hayratlantirgan fotolar xususida fikr-mulohazalar bildirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA