Namanganda mukofot jamg‘armasi 225 million so‘m bo‘lgan IV xalqaro uloq-ko‘pkari turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Chavandozu tulporlarning ikki kunlik shiddatli bellashuvlari, ot sporti ishqibozlarining olqishlari ostida o‘tgan murosasiz bahslarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarining jamoalari “A” va “B” guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdi.

Kuchli chavandozlardan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun maydonning har bir qarichida bellashuvlarga kirishdi. Saralash bahslari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy gvardiya chavandozlar maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan "O‘zbekiston-1" jamoasi sportchilari finalda "O‘zbekiston-2" jamoasi chavandozlari bilan kuch sinashgan bo‘lsa, 3-o‘rin uchun kechgan ko‘pkarida Qozog‘iston va Tojikiston chavandozlari ro‘baro‘ keldi.

Milliy qadriyatlarimiz tantanasi bo‘lgan musobaqalar davomida chavandozlar ota-bobolarimizdan meros uloq–ko‘pkarining mardlik, chapdastlik, shahdu shijoat, oliyjanoblik jihatlarini keng namoyon etishdi.

Murosasiz bahslar natijasida qozog‘istonlik chavandozlar Tojikiston jamoasidan ochkolar hisobida ustun kelib, turnirning bronza medaliga musharraf bo‘ldi.

Oltin medal uchun kechgan ko‘pkari o‘yinlari natijasida "O‘zbekiston-1" jamoasi shohsupaning eng yuqorisidan joy olgan holda musobaqa nizomiga binoan 100 million so‘mga ega chiqdi. 2-o‘rinni egallagan "O‘zbekiston-2" jamoasi 75 million, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Qozog‘iston vakillari 50 million so‘m bilan taqdirlandi. Shuningdek, xalqaro turnirda alohida yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etgan chavandozlarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

G‘olib va sovrindorlarga mukofotlarni tantanali topshirish marosimida Sport vazirligi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Namangan viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uloq-ko‘pkari turnirining g‘oliblari