Bugun mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida bo‘lgani kabi Andijon davlat universitetida ham yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov, universitet rektori B.Akbaraliyev so‘z olib, barchani boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. Yurtimizda oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqaro ta’lim standartlarini amaliyotga tatbiq etish, malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

[gallery-19178]

Joriy yilda 44 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 14 ming nafardan ziyod talaba, 19 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 350 nafarga yaqin magistr tahsil olayotgan universitet jamoasi yangi o‘quv yilida ulkan natijalarni qo‘lga kiritishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib oldi.

Tadbirda iqtidorli talaba yoshlar tomonidan Vatan madhini tarannum etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. 

Tadbir so‘nggida universitetni mazkur yilda tamomlagan yoshlar tomonidan o‘qishga yangi qabul qilingan talabalarga universitetning ramziy kaliti topshirildi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulkan yutuqlarga erishish maqsad qilindi