9 may –Xotira va qadrlash kuni

1975 yildan boshlab Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi Jo‘ylangar qishlog‘i turli yillarda ma’muriy jihatdan bo‘ysungan Xovos, Yangiyer, Boyovut, Ilich, Zomin tumanlari idoralarida qishlog‘imizdan urushga ketganlarning ro‘yxati chiqmagach, otam va amakilarimdan Ikkinchi jahon urushiga 300 norg‘ul yigit safarbar qilingani, leytenantlar Polvonqul Narziqulov, Tursunboy Latipov, Ortiqboy Jo‘rayev, o‘qituvchilardan Abdulla Jo‘rayev, Raimqul Shodiyev, Abdurahmon Ahmedov, Xudoyor Latipov, shuningdek, Fayzulla Latipov, Maqsudxon Mamadaminov, Muazzamxon Mamadaminov, Kenja Ma’mirov, Ergashvoy Mahmudov, Turdiqul Normatov, Qurbonali Nosirov, Sangil Oripov, Obidjon Rayimov, Narziqul Rahmonqulov, Fozil Shodiyev, Rustamqul Ergashev, O‘sarqul Hamroqulov singari 154 jangchi uylariga mayib-majruh ahvolda qaytib kelganini bilib oldim. Biz ulardan atigi 70 nafarining ismi sharifini aniqladik, ammo 84 nafari haqidagi hujjatlar va guvohlar topilmadi.146 nafar hamqishloq jangchi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan ekan. Ulardan faqat 87 nafarining ismi sharifini tiklay oldik, xolos. Afsuski, urushdan qaytmagan 59 nafar shahid haqida hech qanday ma’lumot topmadik.

Otam va amakilarimga urushning azobu uqubutlari yetmagandek, qishloqda o‘sha davrda kampirchopon degan o‘tdan zaharlangan aholi ensefalit degan kasallikka chalinib, deyarli qirilib bitgani, otalari, onalari, singillari, ukalari – jami 78 nafar qarindoshi og‘ir kasallikka chalinib, azob-uqubatlar changalida o‘lim topgani, 840 xo‘jalikdan atigi 80 xo‘jalik qolgani, sho‘rolar hukumati aybni g‘allazorlardagi kampirchoponga to‘nkab, sirni yopdi - yopdi qilgan.

Ba’zilar yaqinlarining “жанг maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘lgani haqida “qora xat” olib, ayrimlar umuman hech qanday xabarga ravo ko‘rilmay, yana qolganlar “bedarak yo‘qolgan” degan mujmal javobdan yuraklari tilka-pora bo‘lib, arzini xudoga so‘ylab qolaverdi, bolasining kirib kelishiga umid bog‘lab mo‘ltirab ko‘cha eshikka qarab o‘tiraverdi. Suyanchig‘i, tirgagi, ishongan tog‘i, boquvchisidan ajralgan oilalarga urush yillari ham, undan keyin ham “eshagi loydan” o‘tgan ellardan bir chaqalik yordam kelmadi. Yo‘q, o‘zbek xalqi o‘g‘limni topib ber, deya sho‘rolarning ostonasiga bosh urib bormadi, halol xizmatini minnat qilib yoki bo‘lmasa, bo‘yin egib bormadi, yordam so‘rashdan istihola qildi... 

Taqdiriga yozilgan ekan, Stalin qatag‘on qilgan qozilar va hojilar sulolasi vakili – qiblagohim akasi, ukalari va tog‘alari,uch nafar eshonzoda tog‘alarim – ma’rifatparvar, qatag‘on davri qurbonlarining ukasi va ikki o‘g‘li, shuningdek, ayolimning otasi “dohiy” Stalin buyrug‘iga binoan 1939-1945 yillarda uzoq-uzoqlardagi, dini va tili, vatani va madaniyati mutlaqo yot Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Moldaviya, Ovrupa, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi og‘ir janglarda ishtirok etadi. 

Turkiston o‘lkasi O‘ratepa uyezdi, inqilobdan keyin Toshkent (Sirdaryo, Jizzax) viloyati Xovos (Yangiobod) tumani hududiga kirgan Jo‘ylangar qishlog‘ida 1915 yil 5 sentyabrda tug‘ilgan otam Narziqulov Polvonqul Mamatqulovich qo‘shni Login, Qo‘shqand va Chorvoq qishloq maktablarida o‘qituvchilik qilib yurgan 1937 yilda Xovos tuman harbiy komissariati orqali harakatdagi armiyaga safarbar qilinadi. Farg‘ona shahridagi 82 – Turkiston tog‘li-otliq polki qizil askari lavozimida harbiy faoliyatini boshlaydi.1938 yil may oyida Leningrad harbiy okrugi 13-otliq eskadronda bo‘linma komandiri etib tayinlanadi. 1939 yil iyun oyida Leningrad tank bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Ammo shu yilning noyabr oyida Fin fronti 11-o‘qchi diviziyasida rota starshinasi vazifasida oq finlarga qarshi og‘ir janglarda ishtirok etadi.

1940 yil noyabr oyidan boshalb jangovar komandir Xovos tumani Aviatsiya va kimyoviy qurollardan himoyalanishga ko‘mak berish jamiyati – Osoaviaxim raisi vazifasida xizmatini davom ettirdi. Otam leytenant unvonida 1941 yil dekabrida general R.Ya.Malinovskiy qo‘mondonligidagi Stalingrad frontiga yetib keladi va 94-alohida avtonazorat bataloni vzvod komandiri etib tayinlanadi. Shu vazifada 1942 yilning may oyigacha Rostov shahri tegrasida amalga oshirilgan tanklar hujumlarida faol ishtirok etadi. Tank ichida uch marta yonib, og‘ir yarador bo‘lgan ofitser gospitaldan qaytgach, Qizil Armiyaning operativ-strategik harbiy birlashmasi – Stalingrad fronti o‘rniga tashkil etilgan Janubiy Front tarkibidagi 16-tank diviziyaning 6-tank polkida rota komandirining yordamchisi vazifasida yana shiddatli janglarda ishtirok etadi. Qo‘mondonning operativ boshqarish zaifligi, sarkardalik qobiliyatsizligi tufayli urush davrida eng ko‘p talofot ko‘rgan, shaxsiy tarkibi qirilib ketgan front ham aynan shu Janubiy front edi. Otam har kuni ro‘y beradigan qirg‘inbarot janglarning birida nemis snaryadi tankiga tegib portlab, kontuziyaga uchrab, mamlakat ichkarisiga davolanishga jo‘natiladi. Kattaqo‘rg‘on, so‘ngra Andijon gospitallarida biroz o‘ziga kelgan jangovor ofitser Paxtaobod tuman harbiy komissariatiga katta inspektor etib tayinlanadi. Aytishlaricha, otam bu vazifada yolg‘iz o‘g‘illarni urush ketayotgan joylardan olib qolgan ekan. 

Qizil Armiya safida olti yildan ortiq xizmat qilib, oq finlar va nemis-fashistlarga qarshi ikki qonli urushda bevosita ishtirok etib bir necha marta yaralangan, Vatan urushining II toifali nogironi, I darajali “Vatan urushi” ordeni va medallar bilan mukofotlangan otam frontdan qaytgach, Jo‘ylangar kolxozida ferma mudiri, Sovot qishloq kengashi raisi, avtobazalar, qurilish-montaj boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida ishlab, Mirzacho‘lni o‘zlashtirtirishda faol ishtirok etadi. Otam va ma’rifatparvar onam Basimaxon hoji aya sakkiz farzand ko‘rib, hammamizni oliy o‘quv yurtlarida o‘qitib, uyli-joyli qilishdi.Otam biz farzandlariga qayta-qayta: “Mening yuzim shuvut emas, sizlarning ham yuzlaring shuvut bo‘lmasin, eng og‘ir damlarda ham mevasi achchiq tushkunlikka yengilmanglar, odam zotidan ayb qidirmanglar, undan ko‘ra fazilatini topinglar, inoq bo‘linglar”, deya gapiraverardi. Bu o‘gitlar hayotimiz mazmuniga aylagani uchun eldan, yurtdan ajrab qolmadik. Urushda, cho‘llarni bo‘stonga aylantirishda qahramonlik va fidokorlik namunalarini ko‘rsatgan qiblagohimning yuragi 1992 yil 4 dekabr kuni to‘xtadi.

Otamning quroldosh do‘sti general-leytenant S.S.Oxunjonovning otam haqidagi “Umr izsiz o‘tmadi” deb nomlangan xotiralarini jurnalist Anorboy Qahhorov «Yangiyer tongi» gazetasi (27.11.1993y.)da e’lon qildi.

Otamning akasi Fayzulla Latipov ham birinchilardan bo‘lib 1941 yilda frontga ketadi. Ikkinchi jahon urushi jangohlarida botirlarcha jang qiladi. Xalqimizning ustiga bostirib kelgan nemis-fashist bosqinchilarini Rossiya, Ukraina hududlaridan quvib chiqarishda qahramonlik namunalarini namoyon etdi. Oddiy askar Fayzulla Latipov 1943 yilning qish kunlarining birida portlagan bomba ostida qolib, uzoq vaqt davolanadi va yarim jon, birinchi darajali urush nogironi bo‘lib uyiga qaytdi. 

Urush jarohatlaridan azob cheksa ham, dehqonchilik, chorvachilik, sohibkorlik bilan shug‘ullandi. Qishloqda undan yaxshiroq mayiz qiladigan odam yo‘q edi. Katta doshqozonlarda jing‘il kulini qaynatib, ishqor tayyorlab, uzum ishqorlashni yo‘lga qo‘ydi, bog‘ ko‘kartirib, uzumzorlar maydonini kengaytirdi, sut, go‘sht mahsulotlarini oshirib, oilasini to‘q va badavlat qila oldi. Nihoyatda qo‘li ochiq, mehribon inson bo‘lgan Fayzulla Latipov mehnatkashligi, saranjom-sarishtaligi bilan nom chiqargan O‘g‘iljon yangam bilan oila qurib o‘zlari singari halol, mehnatsevar, pokiza, kamtar sakkiz nafar oqil farzandlar qoldirishdi.

Frontdan omon qaytgan g‘oliblardan biri Fayzulla Latipov 1963 yilda 53 yoshida vafot etdi. 

Otamning ukasi, amakim Xudoyor Latipov G‘onchi tuman Yangiariq, so‘ngra O‘ratepa tuman Tapqoq qishlog‘idagi maktabda o‘qituvchilik qilayotgan paytda urush boshlanib, 1941 yil 1 iyul kuniyoq 99 – tojik milliy brigadasi oddiy askari formasini kiydi, so‘ngra Semipalatinsk shahriga ko‘chirilgan Tambov piyoda askarlar bilim yurtida harbiy sirlarni o‘rgandi. 19 yoshli Xudoyorxon starshina unvonida 1941 yil 1 dekabr kuni Stalingrad frontida, Zernovka – Dubovka qishloqlari mudofaasi uchun olib borilayotgan og‘ir janglarga kirishdi. Keyingi janglarda og‘ir yaralanib gospitalda davolanib chiqib, Kalinin, Volxov, Leningrad frontiga qarashli 8-gvardiyachi havo desanti diviziyasi 23-polki 72 mm to‘p raschyoti komandiri sifatida Ilmin ko‘li, Lovat daryosi sohilidagi Rita qishlog‘i atrofida nemislarga qaqshatgich zarba berdi. 1943 yil 13 martda Kozlov – Kudrin temir yo‘l stansiyasidagi qonli janglarda, fashistlarning tanklari, dushman soldatlarini qirishda qahramonlik ko‘rsatdi. 1943 yil 18 aprel kuni Chernigov shahri uchun qirg‘inbarot jangda 21 yoshli to‘pchi komandir og‘ir kontuziyaga uchrab to 1943 yil noyabrgacha Kirov oblast, Lyuberetsk rayon, Staraya Rus, Vyatka posyolkasidagi gospitalda davolandi va uyiga qaytarib yuborildi. 

Xovos tumanidagi Jo‘ylangar qishlog‘ida CHTZ traktorchisi, Bolalar uyi direktori, qishloq Soveti raisi, Xovos rayon partiya komiteti sekretari, 25 yoshida Xovos va Pskent rayon ijroiya komiteti raisi, Pskent rayon partiya komitetining birinchi sekretari, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxoz (“O‘rtasaroy”) raisi, Paxtakor tumanidagi 26-sovxoz, Oqoltin tumanidagi 10A sovxoz direktori, SANIIIRI bosh agronomi, Zarbdor tumanidagi “Bog‘iston” ijaradagi xo‘jalik rahbari, Olimpiya zaxiralari kolleji direktorining kurash bo‘yicha mashatchisi bo‘lib umrining oxirigacha ishladi.

O‘ta irodali, bir so‘zli, keng fe’lli, aqlli, vazmin inson. Buyuk davlat arbobi Sharof Rashidovning ta’biri bilan aytganda, dasturxoni osmondek ko‘ngli kabi ochiq, kamtar va mard insonlardan sanaladigan, Mirzacho‘l yuzlab o‘zlashtiruvchilarining ustozi va cho‘lning haqiqiy bilimdoni va faxriy akademigi Xudoyorxon ota yoshligidan akasi Polvonqul kabi otni suyadigan, qadrlaydigan, havas qilsa arziydigan chavandoz va mergan bo‘lib yetishgan edi. Kechagi muallim okoplarda, qor-yomg‘ir, o‘q, mina, snaryad, bombalar ostida onasiga xat yozdi, she’rlar mashq qilgan bo‘lsa, tinch davrlarda paykallar, g‘o‘za qator oralari, suv yo‘llari sohillari, cho‘lning qoq belida hidi dimog‘ni yoradigan shuvoq, yantoq va kavarlar yonida misralar bitdi, xotiralarini tikladi, dala giyohlarining sir-asrorini ochib o‘simlikshunos tabib sifatida dong qozondi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent partiya maktabini tugatgan, O‘zbekiston Oliy Soveti deputati etib saylangan, iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi, qator orden va medallar bilan mukofotlangan, o‘n nafar farzandning padari buzrukvori, Novgorod shahrining faxriy fuqarosi, o‘nga yaqin she’riy va nasriy kitoblari nashr etilgan adib va shoir Xudoyor Latipov 2007 yil 22 fevral kuni 85 yoshida omonatini topshirdi...

“Za Rodinu” degan front gazetasining 1944 yil 3 mart sonida: “Dushmanni Tursunboy Latipovdek ur!” degan maqola qahramoni Toshkent viloyati Xovos tumanidagi Jo‘ylangar qishlog‘ida 1920 yil 1 yanvarda tug‘ilgan. U 1941 yil dekabrida nemis-fashistlarga qarshi urushga jo‘nadi. 1944 yil 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan jangda serjant Tursunboy Latipov komandir bo‘lgan to‘p raschyoti dushmanning son-sanoqsiz tanklariga bosh bo‘lib kelayotgan “Pantera”ni majaqlab tashladi va yarim kechagacha dushmanni savaladi. 

Tursunboy Latipov uch marta jangovor “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlangan. U har safar gospitaldan sog‘ayib chiqqach, yana jang maydoniga qaytaverdi.

Urush tugagach, Tursunboy Latipov Jo‘ylangar qishlog‘ida kolxoz raisi etib saylanib, besh mingdan ortiq aholini qirib yuborgan ensefalit kasali asoratlarini tugatish ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. 1949 yilda yuzdan ortiq hamqishloqlarini boshlab Boyovut tumanidagi bo‘z yerlarda kolxoz ochdi (sobiq “Kommunizm”) va uni O‘zbekistonda mash’al xo‘jaliklar qatoriga olib chiqqani, mehnat frontida qo‘lga kiritgan yuksak iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun 1957 yilda Tursunboy Latipov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, O‘zbekiston Oliy Soveti deputati etib saylandi.

Afsuski, amal ishqidagi g‘alamislar bu ulug‘, serfarzand, mirishkor dehqonni yuksak qadrlagan Sh.Rashidov vafotidan so‘ng unga tuhmatlar yog‘dirib, sog‘lig‘iga katta putur yetkazishdi. U tashkil etgan namunaviy kolxoz hisobidagi bir necha millionlab so‘m mablag‘ni o‘sha “kalamushlar” tezda talab bitirdi. Biroq, nufuzli komissiya Tursunboy ota Latipov o‘z ish faoliyatida o‘ziga zarracha gard tegizmay, halol va pokiza, benuqson, namunali ishlaganini rasman qayd etdi. Komissiya a’zolari tekshiruv xulosasi bilan tanishtirganda rais bovo: “Odamlarni chalg‘itib, daryoni ters oqizmoqchi bo‘lganlar o‘zimning hamqishloqlarim, birga shu cho‘llarni o‘zlashtirgan jo‘ralarim va ularning farzandlari. Men ulardan xafa emasman. Bularga chora ko‘rsalaring, eng avvalo men azoblanaman”, deya g‘alvaga nuqta qo‘ygan edilar.

Hamisha kamxarj oilalarni qo‘llab-quvvatlab kelgan dilkash inson, Sirdaryo elining g‘ururi va faxri, to‘pchi komandir leytenant Tursunboy ota Latipov 1991 yil 9 may kuni vafot etdi. Istiqlol yillarida uning muborak nomi qaytadan faxr va iftixor bilan tilga olinmoqda, xotirasi minnatdor eli qalbida abadiy yashamoqda. 

Мамлакатимизda har yili 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni yuksak saviyada nishonlanayotgani, natsizm va fashizm balosi ustidan qozonilgan G‘alabaga bebaho hissa qo‘shgan urush va mehnat fronti faxriylari, shuningdek, front orqasida og‘ir mehnat qilib, ustiga ustak boquvchisi va yaqinиni yo‘qotgan hamyurtlarimiz izzat-ikrom bilan sharaflanayotgani, ayniqsa, dunyoning biror mamlakatida uchramaydigan noyob “G‘alaba bog‘i”ning barpo etilishi qalblarimizni chinakamiga faxr va iftixor tuyg‘ulariga to‘ldirib yubordi. 

Muhiddin Polvon,

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ular tinchlik va yurt istiqboli uchun jang qildilar