Ular faqat nafaqaga köz tikib qolmagan
Samarqand şahrida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Biz birgamiz!” şiori ostida nogironligi bölgan şaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdo yarmarkasi ötkazildi.
Samarqand viloyati hokimligi, Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi viloyat bölimi, viloyat nogironlar jamiyati, ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boşqarmasi va boşqa taşkilotlar hamkorligida ötkazilgan yarmarkada davlat va jamoat taşkilotlari xodimlari, jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
– Yarmarkadan közlangan asosiy maqsad nogironligi bölgan şaxslarning mehnati va isteʼdodini keng tarğib qiliş, mahsulotlarini sotiş imkoniyatlarini kengaytiriş, – deydi Samarqand viloyati Nogironlar jamiyati rahbari Dilmurod Pardayev. – Şu bilan birga imkoniyati çeklangan şaxslar faqat davlatning kömagiga qarab qolmay, özlari ham peşona teri bilan mehnat qilib, turmuşlarini farovon qilişga intilayotganlarini körsatişni közda tutganmiz. Çunki jamiyatimiz aʼzolarining deyarli barçasi maʼlum bir kasb-hunar bilan şuğullanişadi, şu orqali yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşişadi, hayotda öz munosib örinlarini topişadi.

– Imkoniyatim çeklangan bölsa-da, bu iştiyoq va şijoatim yöq degani emas, – deydi Samarqand şahrida yaşovçi Umida Mahmudova. – Barça narsalarga özim, mehnatim orqali erişişni xohlayman. Şuning uçun yoşligimdan uyda turli pişiriqlar tayyorlab, dökonlarga topşirardim. Keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali qöğirçoq töqişni örgandim. Özim töqigan qöğirçoqlar suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga qöyganimdan keyin ularni sotişni söraşdi va bu iş bilan jiddiy şuğullana boşladim. Hozir Samarqand texnika universitetida öqiyapman va qöğirçoq töqib sotiş bilan şuğullanaman, bu hunarni boşqalarga ham örgatyapman.

Yarmarka iştirokçilari nogironligi bölgan kişilar tomonidan tayyorlangan hunarmandlik mahsulotlari, uy-rözğor buyumlarini tomoşa qiliş bilan birga ularni xarid qiliş imkoniyatiga ham ega böldilar.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri