“Odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadi”, degan ibora ishlatilganida beixtiyor ko‘z oldimizda bepoyon Qizilqum cho‘llari gavdalanadi. Sahro o‘z nomi bilan sahro. Bu adog‘i yo‘q qumliklar bag‘rida mehnat qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Bunda har bir kishidan sabru qanoat, ta’bir joiz bo‘lsa katta jasorat, azmu shijoat talab etiladi.

Bugungi kunda Markaziy kon boshqarmasining matonatli, fidoyi ishchi-xodimlari yozning jarima issig‘i-yu, qishning qahratonida ham tunu-kun mehnat qilib, konchilik sanoati rivojiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Ana shunday jonkuyar xodimlardan biri 2-sonli Gidrometallurgiya zavodi Tayyor mahsulot sexi qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi Abduvali Qayumovdir.

– Yigirma yildan ortiqroq vaqtdan buyon “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodida mehnat qilib kelyapman, – deydi Abduvali Qayumov. – Zavodda ilk ish faoliyatimni 2004 yilda Sorbsiya va regeneratsiya sexida yordamchi ishchi, oradan bir yil o‘tib esa mazkur sexning asl va nodir elementlarni ajratish bo‘yicha apparatchisi sifatida mehnat qilib, o‘z bilim va malakamni oshirdim. 2013 yildan boshlab esa zavodning Tayyor mahsulot sexi qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi bo‘lib ishlab kelmoqdaman. 

Abduvali Qayumovning 2-Gidrometallurgiya zavodi Tayyor mahsulot sexi qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi sifatida asosiy vazifalariga toza qimmatbaho metallar, ularning tuzlari, kukunlari va boshqa konditsion mahsulotlarni affinaj qilish, metallar hamda og‘ir qotishmalar, konsentratlar, yarimfabrikatlarni eritish yo‘li bilan olish jarayoni kiradi. Shuningdek, eritmalarni maromiga yetkazish, ishlab chiqarilayotgan metallar va yarimmahsulotlarning sifatini nazorat qilish, jihoz ishining ko‘rsatkichlarini yozib borish, elektroliz va metallarni eritish jarayonlari ham uning zimmasida.

Qahramonimiz o‘ziga yuklatilgan ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarib, zavod ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bundan tashqari yosh mutaxassis kadrlarga kasbining sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.

– Kombinat tizimida faoliyat olib borayotganimga unchalik ko‘p vaqt bo‘lmadi, – deydi A.Qayumovning shogirdlaridan biri Bahodir Komilov. – Ustozimdan kasbimizning barcha jihatlarini o‘rganishga, o‘rgatganlarini amaliyotda qo‘llashga harakat qilmoqdaman. Men mana shunday ulkan korxonada faoliyat olib borayotganimdan, shunday ko‘ngli ochiq, tajribali hamkasblar bilan bir safda mehnat qilayotganimdan faxrlanaman.

Mehnatning samarasini hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi, chunki uning zamirida haqiqiy insonning peshona teri yotadi. Bu harakat esa insonga baxt-saodat, omad keltiradi. O‘z halol mehnati bilan topiladigan boylik farovon hayotga yetaklaydi.

Bosib o‘tgan hayot yo‘lidan mamnun ekanligi yuz-ko‘zida zohir bo‘lgan Abduvali aka jamoada ham o‘z o‘rniga ega. U turmush o‘rtog‘i Dildora opa bilan ikki nafar farzandni halol mehnati ortidan tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Bugun ular yurtimiz tinchligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilmoqda. 

Mustqilligimizning 33 yilligi arafasida tarqalgan quvonchli xabar esa nafaqat kombinat jamoasini, balki butun navoiyliklarni xursand qildi. Boisi Davlatimiz tomonidan A.Qayumovning ham 20 yillik mehnati alohida e’tirof etilib, u Prezident farmoniga ko‘ra, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ular e’tirofga munosib