Ramazon oyi davomida bir guruh ulamolar, imom-domlalar va mohir qorilar chet eldagi vatandoshlarimiz bilan ma’rifiy suhbatlar uyushtirish, ularning diniy savollariga javob berish hamda taroveh namozida ishtirok etish maqsadida AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya singari mamlakatlarda xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrullo domla Abdullayev, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri “Islom” masjidi imom-xatibi Alisher domla Naimov,  Toshkent shahri Olmazor tumani “Imom At-Termiziy” masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov, Yunusobod tumani “Yunus ota”  masjidi imom noibi Jamoliddin domla Qodirov,  Andijon shahri “Chinor” masjidi imom-xatibi Avazbek domla Mo‘minov, Andijon tumani “Usmoni Zinnurayn” masjidi imom-xatibi Fazliddin domla Abdullayev Janubiy Koreyaning Seul, Chengju, Mokpo, Dayegu kabi shaharlaridagi tadbirlarda qatnashib, manfaatli suhbatlar o‘tkazmoqda.

AQSHning Nyu-York, Filadelfiya, Orlando, Sinsinnati, Chikago, Nyu-Jersi shaharlaridagi yurtdoshlarimiz poytaxtdagi “Siroj solih” masjidi imom-xatibi Hasan domla Qodirov, “Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq, “Firdavs” masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov, “Hazrati Umar” masjidi imom-xatibi Fazliddin domla Mamadaliyev, Andijon viloyati “Eski Gumbaz” masjidi imom-xatibi Botir domla Tojiboyev, Namangan shahri “Mulla Bozor Oxund” masjidi imom-xatibi Zohidjon domla No‘’monov, Samarqand viloyati “Xo‘ja Abdu Darun” masjidi imom-xatibi Zafar domla Mahmudov, Farg‘ona viloyati “Xo‘ja Abdulloh” masjidi imom-xatibi Abduvohid domla Mansuraliyevning ma’ruzalari va xatmi Qur’onlariga some’ bo‘lmoqdalar.

Rossiya Federatsiyasining Magadan va Xabarovsk o‘lkalariga ishlash, ta’lim olish uchun borgan hamyurtlarimiz uchun tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda Namangan viloyati “Mulla Abduqodir” masjidi imom-xatibi Muzaffar domla Ibragimov, Toshkent shahri Chilonzor tumani “Choshtepa” masjidi imom-xatibi Hakimjon domla Hotamov ishtirok etmoqda.

Safar davomida soha xodimlari vatandoshlarimiz bilan muloqotda Islom dini qadriyatlari, Ramazon oyi fazilatlari, ona-Vatanga muhabbat va buzg‘unchi g‘oyalarga aldanmaslik kabi mavzularda muloqot qilishyapti.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda