Ukraina qiyin tanlov qarşisida: Ğarb yordami kamaymoqda (+video)
Fransiya va Italiya Kiyev uçun AQŞ qurolini sotib olişdan boş tortdi. Bu haqda “Politico” naşri yozmoqda. NATOning Ukrainaga yordam beriş haqidagi vaʼdasidan farqli ölaroq, amalda ajratilgan mablağ ham töliq yetib bormagan. Kiyev esa qişda Ukraina jiddiy yöqotişlarga uçraşi va yana bir qator hududlarini boy berişi mumkinligidan xavotirda.
Ukraina yana bir bor ittifoqçilaridan havo hujumidan mudofaa tizimi uçun öta zarur vositalar va moliyaviy yordam söradi.
– Haqiqatan jiddiy xavotirdamiz, – dedi Ukrainaning NATOdagi elçisi Alyona Getmançuk. – Nizo boşlanganidan beri mamlakatimiz raketa hujumidan himoyalaniş borasida hozirgidek zaif ahvolda bölganini eslay olmayman.
Kiyevda raketa tösuvçi vositalar ham, moliyaviy mablağ ham yetişmayapti. Abu-Dabida tinçlik muzokarasi davom ettirilgandan keyin Moskva ziddiyatni tugatiş böyiça talabini yanada kuçaytiryapti.
Ukrainaning bunday murojaati bölajak tinçlik muzokarasida Kiyev jiddiy yon berişga majburligini anglatadi. Moskva Kiyevdan Donbassdagi mustahkam mudofaa hududidan qöşinini olib çiqiş, NATOdan esa 1997-yildagi çegaralariga qaytişni talab qilmoqda.
Boşqaça aytganda, Rossiya NATO kuçlarining Polşa va Boltiq böyi davlatlaridan olib çiqilişi, Finlyandiya esa alyans tarkibidan çiqişini xohlayapti.
Ittifoqçilar esa yangi moliyaviy yordam va qurol-yaroq yetkazib beriş böyiça majburiyatini eʼlon qilişi kutilyapti. Binobariin, ittifoqçilarning Ukrainaga yordamni sezilarli darajada oşirişga tayyor emasligi ham bilinib qoldi.
Kiyev qayta-qayta yordam söraşiga qaramay, uşbu davlatlarning köpçiligi öz zaxirasidagi raketalarni berişdan boş tortmoqda. Ayrim mamlakatlar AQŞdan yangi raketa yetkazib berilişi bir neça yilga çözilişi mumkinligi sababli taklifga şubha bilan qarayapti.
Ukraina tinçlik muzokarasi oldidan harbiy imkoniyatini mustahkamlaşga harakat qilmoqda. Faqat Yevropa davlatlari öz aslaha zaxirasi kamayişini istamayotgani va natijada moliyaviy yordam keçikayotgani Kiyev xavotirini kuçaytirgan.
Kenja Bekjonov,
Anvarxöja Ahmedov (video),
ÖzA