Ukraina qishda keng ko‘lamli hujum boshlashi haqida aytilmoqda
Ukraina qurolli kuchlari qishda keng ko‘lamli hujum boshlashi uchun kuchlarini tayyorlamoqda. Bu haqda Atlantika kengashi tahlilchisi Piter Dikinsonga tayanib Euronews nashri xabar tarqatdi.
Ekspertning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi yer muzlab qolguniga qadar zarba berishni rejalashtirmoqda.
"Ukraina qurolli kuchlari hozir yangi yirik hujum uchun qo‘shinlarni to‘plamoqda", – deya ta’kidlagan ekspert.
Dikinsonning prognozi bo‘yicha, ushbu hujum “Ukrainaning xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlashlarni saqlab qolish uchun kurashda” hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligining razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Kiyev harbiy harakatlarni bahorda faollashtirishni rejalashtirayotganini aytgan edi, deb yozmoqda RIA Novosti.