Ukraina poytaxtida karantin cheklovlari yumshatilmoqda
Aprel oyining boshlarida Kiyev jamoat transporti harakatini chekladi, maktab va bog‘chalar, teatr va savdo markazlari faoliyatini to‘xtatdi, tomoshabinlarning sport tadbirlariga borishi taqiqlangan edi.
Shanba kunidan boshlab poytaxtda garchi yo‘lovchilar va mijozlar soni cheklangan bo‘lsa-da, transport, qahvaxona va restoranlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Transport va jamoat joylarida niqob taqish ilgarigidek majburiy hisoblanadi.
Mahalliy rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, shanba kuni savdo markazlari va sport klublari ochiladi, 5 maydan boshlab esa, maktablar va bolalar bog‘chalari o‘z faoliyatini boshlaydi.
O‘tgan oyda Kiyevda Ukraina hududlari orasidan eng ko‘p kasallanish ko‘rsatgichlari qayd etilgan edi, biroq o‘tgan haftada yangi holatlar soni ancha kamaydi.
O‘zA