Ukraina mudofaa ta’minoti tizimi qayta tuziladi
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov mudofaa mahsulotlari xaridi bilan shug‘ullanuvchi Davlat logistika operatori (DLO) qayta tuzilishini e’lon qildi.
– Boshlanayotgan islohot ko‘lamini kengaytirish maqsadida ushbu masala bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi buyruq imzolandi, – deb yozgan mulozim ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Jarayonni Mudofaa xaridlari agentligi (MXA) direktori Arsen Jumadilov boshqaradi. Tuzilma huzurida maxsus komissiya ishlaydi. Harbiy holat tugagunga qadar ikki asosiy muassasa – MXA va DLOni birlashtirish uchun zamin tayyorlayapmiz. Endi vazifalar takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqaruv tizimi takomillashadi, armiya ta’minoti sur’ati oshadi.
MXA mahsulot sotib olish, DLO esa Qurolli kuchlarni kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun javobgar. Har ikki tashkilot 2023 yil dekabr oyida faoliyat boshlagan.