Ukraina delegatsiyasi rahbari Abu-Dabidagi uçraşuvlarni sarhisob qildi
Abu-Dabidagi muzokaralardan söng, Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov tomonlar “hali köp qiyin işlarni bajarişlari kerakligi, ammo muzokaralar jarayonini davom ettiriş uçun imkoniyat borligini” taʼkidladi.
Uning sözlariga köra, asosiy natija keng kölamli asirlar almaşinuvi böyiça kelişuvga erişildi. Tomonlar hozirda tafsilotlarni yakunlaş va uni amalga oşiriş ustida işlamoqda. Şuningdek, u tinçlikka erişiş va uruşdan keyingi qayta quriş masalalari ham muhokama qilinganini qayd etdi.
Umerovning qöşimça qilişiça, bunga erişişning birinçi qadami nizoni tugatiş va Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini beriş bölişi kerak. U şuningdek, muzokaralarni taşkil etiş va ötkazişda faol iştirok etgani uçun Qöşma Ştatlarga minnatdorçilik bildirdi.
- BAA muzokaralarni osonlaştirgani, şuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, NATO vakillari hamda Yevropa Komissiyasi bilan Abu-Dabida hamjihatlikda işlaganimiz uçun minnatdorman, - dedi R. Umerov.
S.Rahimov, ÖzA