Ukraina bo‘yicha muzokarada “ishonch inqirozi” kuzatilmoqda
Turkiya Prezidentining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Akif Chag‘atoy Qilich Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokara jarayonida “ishonch inqirozi” mavjudligi, tomonlar vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirayotganini ta’kidladi.
- Ukrainada vaziyat juda tez o‘zgarmoqda, - dedi mulozim NTV telekanaliga bergan intervyusida. - Voqealar rivoji ma’lum bir nuqtaga yetgach, yana ishlanadi. Asosiy jihat shundaki, hozir ishonch inqirozi bor. Birov boshqaga ishonmaydi: harbiy vaziyatni nazarda tutyapman. Mojaro tomonlari ikki marta yig‘ildi. Turkiyadagi muzokarada muayyan yutuqlarga erishilgandi. Afsuski, ma’lum holatlar tufayli yakuniy natijaga erisha olmadik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokara natijalari qayta-qayta ishlab chiqilgan.
- Tomonlarda "Bugungi sa’y-harakatlar ortida nima yotibdi?", Yevropa va Qo‘shma Shtatlar ayi jarayonda qanday o‘rin egallaydi? kabi savollar tug‘ilishi turgan gap, - deydi Qilich.