Ukraina bosh vaziri iste’foga chiqdi: hukumat tarkibi yangilanmoqda
Ukraina Oliy Radasi mamlakat bosh vaziri Yuliya Sviridenkoni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Ushbu qarorni 258 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi.
Hukumat rahbarining iste’fosi qonunchilikka muvofiq, Vazirlar Mahkamasining to‘liq tarkibda tarqalishiga olib keldi. Yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilgunga qadar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va energetika vaziri Denis Shmigal hukumat rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turadi.
Yangi bosh vazir nomzodini 16-iyul kuni tasdiqlash rejalashtirilgan. Avvalroq, prezident Vladimir Zelenskiy davlat siyosiy strategiyasini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tarkibini o‘zgartirish zarurligini ma’lum qilgan edi.
Uning ta’kidlashicha, bu kadrlar almashinuvi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Davlat rahbari Yuliya Sviridenkoga bosh vazir sifatidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, unga Ukraina uchun muhim bo‘lgan yangi yo‘nalishlardan biriga rahbarlik qilishni taklif etdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA