Ukraina AQSH bilan kelishishga intilyapti
Ukraina delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Saudiya Arabistonidagi bosh diplomati bilan uchrashib, 3 yillik urushni tugatish masalasini muhokama qilmoqchi, deb yozdi “Euronews” nashri.
Missiya vakillari Qora dengiz, uzoq masofaga uchadigan raketa zarbasini qamrab oluvchi qurol-aslaha, mahbuslarni ozod qilish masalalarini ko‘rib chiqish, shuningdek Prezident Donald Trampni qiziqtirgan Ukrainaning noyob yer minerallari bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyorligini bildirdi.
Prezident Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni Vashingtonga tashrifi chog‘ida Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens bilan bahslashib qolgach, o‘rtadagi munosabat biroz yomonlashdi. Shunga qaramay, Ukraina va AQSH Amerika hukumati uchun maqbul kelishuvga erishsa, tinchlik muzokarasi ham tezlashishi mumkin.