1800 nafarga yaqin ishchi-mutaxassislar mehnat qilayotgan Uchquduqdagi 3-gidrometallurgiya zavodi loyiha-konstruktorlik byurosi muhandis-konstruktori Lada Lagoda zavodning ulkan texnologik qo‘shimchalar hamda metall konstruksiyalar chizmalarini tayyorlaydi. Bundan tashqari, qad rostlayotgan qurilish ishlarining loyihadan chekinmasligini nazorat qiladi.

Qurilish ob’ektlarida ham Lada Lagodaga “Sen ayol kishi bo‘lib qurilishni tushunarmiding”, deyisholmaydi. U bu ishlarni ba’zi quruvchilardan-da yaxshi tushunadi. Chunki unga bu kasb ota meros. 

Ladaning otasi Viktor Ladoga 1968 yilda Ukrainaning Lvov shahridagi qurilish texnikumini tugallab, Navoiy shahriga keladi. Navoiy qurilish boshqarmasiga ishga kirib, shahar qurilishida ishtirok etadi.

 1975 yilda Navoiy shahrida dunyoga kelgan Lada ham ota izidan borib, Sanoat texnikumida sanoat va grajdan qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldi.

 Texnikumni tugatgach, yo‘llanma bilan Uchquduqqa yuboriladi va Uchquduq qurilish-montaj trestining ishlab chiqarish texnologiya bo‘limida muhandis lavozimida ish boshlaydi. 1999 yilda esa endigina o‘z faoliyatini boshlayotgan Shimoliy kon boshqarmasi tasarrufidagi 3-gidrometallurgiya zavodiga ishga taklif qilishadi. 

3-gidrometallurgiya zavodini bejizga Shimoliy kon boshqarmasining yuragi deyishmaydi. Yirik konlar – Sharqiy, Dovg‘istov, Turbay, Auminzo-Amantoy konlaridan millionlab tonna sulfidli ma’dan qazib olinib, 3-gidrometallurgiya zavodida qayta ishlanadi. Zavodda 1995 yilda 1,2 million tonna xomashyo qayta ishlangan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatgich 10 million tonnani tashkil etmoqda. 

Hozirda 3-GMZning Bakterial oksidlanish sexi sulfid konsentratlarni qayta ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi eng katta majmua hisoblanadi. Uning qurilishidan to bugungi kundagi faoliyatigacha bo‘lgan loyihalarda Lada Lagodaning “qo‘li” bor.

 2019 yilda “Ko‘kpatas” va “Dovgiztov” konlarining sulfid ma’danlaridan oltinni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish” investitsion loyihasi asosida zavodda chiqindilarini qayta ishlashga mo‘ljallangan filtrlash, quritish va kuydirish bo‘yicha yangi yuqori texnologiyalarga asoslangan majmua ishga tushirildi. Bu sex dunyoda yagona hisoblanib, chiqindilar qayta ishlanib, yiliga bir tonna miqdorida qo‘shimcha oltin olinmoqda. Texnologik qo‘shimchalar hamda metall konstruksiyalar chizmalarini tayyorlash, qo‘llanishini nazorat qilish singari ishlarning biri tugasa, boshqasi boshlanadi. Bularning barchasi korxonaning yildan-yilga tobora kengayib, takomillashib borishiga xizmat qiladi.

Lada esa ana shunday qaynoq hayot ichida zavodning u boshidan bu boshi ko‘rinmaydigan hududida kaskasi-yu, qo‘lida qog‘oz-qalami bilan yuradi. 

Ko‘plab mutaxassislar qatori Uchquduqqa ishlashga kelgan Lada Lagodaning Qizilqum cho‘llariga qadam bosganiga ham bu yil o‘ttiz yil to‘ldi. U o‘zini Uchquduqning qizi, deb hisoblaydi. U mamlakatimiz kon-metallurgiya sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni hamda bir qator faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchquduqning “arxitektor” qizi