FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Sohil mahallasida ochiq maydon shaklida o‘tkazilgan davra suhbati ayollar faolligini oshirish, ularning ijtimoiy hayotdagi rolini mustahkamlash maqsadiga qaratildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova tumandagi faol ayollar, ko‘cha boshliqlari, mahalla faollari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Suhbat chog‘ida ayollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish, oilaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha fikr va takliflar tinglandi.
[gallery-24471]
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank vakillari ishtirokida uy-joyga muhtoj ayollar uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qator xonadonlarga tashrif buyurilib, oila muhitidagi ijobiy tajribalar o‘rganildi.
Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, ishsiz ayollarga ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
Bu kabi uchrashuvlar ayollarni yanada faollikka undash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA