Yusuf Xos Hojib Bolosog‘uniy Movarounnahrning atoqli Islom adiblaridan. Bizga qadar yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra,  milodiy 1016 (yoki 1020) yilda Bolosog‘unda tug‘ilgan. Uning musulmon axloq-odobiga doir turkiy tildagi olti yarim ming baytli "Qutadg‘u bilig" (Saodatga eltuvchi bilim) asari mashhur. Asar turkcha Shohnoma, Islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb tan olingan.

Poytaxtimizda “Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosining ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosining ilmiy-ma’naviy jihatlari xususida so‘z bordi.

Soha vakillarining ta’kidlashicha, buyuk adib Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”, 1069-70) asari XI asr so‘z san’atining nodir namunasi bo‘lib, unda o‘z davrining ilg‘or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma’lumot berilgan. Shuning uchun Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda o‘sha davrda yashagan boshqa ko‘plab buyuk mutafakkirlarimiz bilan bir qatorda, Yusuf Xos Hojibning ilmiy merosi ham, shubhasiz, katta ahamiyatga ega.

Xalqaro konferensiyada Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Belgiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlardan olimlar, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ilmiy doira vakillari ishtirok etdi.

Qayd etish lozimki, “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasiga muvofiq, ushbu xalqaro anjuman ta’lim, innovatsiyalarni rag‘batlantirish, tarixiy merosimizni o‘rganish, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

– IX - XII asrlar bashariyat tarixiga Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharqda ijtimoiy - madaniy taraqqiyotning "oltin davri" deb kiritilgan, – deydi falsafa fanlari doktori, professor Dildora Po‘latova. – Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari xalqimizning qadimgi va o‘rta asrlar  madaniyatiga oid qimmatli noyob ma’lumotlarni o‘zida jam etgan yozma manbalardan biri sanaladi. Mazkur asar qadimgi turkiy xalqlarning ko‘p asrlar davomida shakllangan avlodlarining madaniy va ma’naviy  tajribasiga oid qimmatbaho nodir manba. Unda o‘z davrining ilg‘or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy - axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odatlari, turmush tarzi hamda qadriyatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta asr Sharq Renessansining buyuk namoyandasi Yusuf Xos Hojib adolatli jamiyat, insonning baxt-saodatga erishishida ta’lim va tarbiyaning uzviyligi haqidagi ta’limotlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kunida xorijdan kelgan mehmonlar  uchun Toshkent shahrining tarixiy-turistik maskanlariga sayohat tashkil etildi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosining ahamiyati