Endigi maqsadimiz har ikki Renessans davrida biz dunyoda ilgʻor edikmi, shu darajalarga yana erishmoqchimiz.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi arafasida Prezidentimizning tantanali tabrik nutqida asosiy maqsadimiz Uchinchi Renessans boʻlishini alohida taʼkidladi. Amalda davlatimiz rahbari bugungi kunda Oʻzbekiston maktablari umuman taʼlim tizimida milliy gʻoyasining yangi aniq strategiyasini belgilab berdilar. Aslida bu ishlarning poydevori hayotda, koʻz oʻngimizda barpo etilmoqda. Prezident maktablari, maxsus yoʻnaltirilgan maktablarning tashkil etilishi va bu yildan ochilayotgan, har qurilayotgan yoki qayta taʼmirdan chiqayotgan maktablarda zamonaviy taʼlimga munosibbarcha sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

Shu kunlarda esa jamoatchilikni bir masala qiziqtirmoqda.

“Renessans nima, nega uchinchi Renessans deyilmoqda?” degan savolni ota-onalar va oʻquvchilar maktabning birinchi oʻqish kuniyoq berishlari tabiiy. Biz ota-onalardan ham buning maʼnosini farzandlariga tushuntirib berishlarini iltimos qilar edik.

“Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Keng maʼnoda madaniyatda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman kishilik hayotidagi uzoq muddatli turgʻunlikdan soʻng qayta jonlanib, tez taraqqiy etishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar koʻlami yangi sifat bosqichiga chiqishini anglatadi. Ilgari Renessans soʻzi oʻzbek tilida Uygʻonish davri deb ham atalar edi. Koʻrinib turibdiki, Uchinchi Renessans maktablardagi bosh milliy gʻoya sifatida qaralishi lozim. Buning uchun har bir oʻqituvchi uning mohiyatini avvalo oʻzi tushungan holda bolalarga sodda tilda tushuntira olishi kerak. Uchinchi Renessans gʻoyasini tushuntirish va ota-onalarga yetkazishda nihoyatda uslubiy toʻgʻri yondashish, meʼyoridan oshirib yubormaslik talab etiladi. Matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya, tarbiya, texnologiya kabi yangi darsliklardagi oʻzgarishlar va bu borada maxsus davlat miqyosidagi qarorlarning oʻzi amaliy ishlar boshlanganligidan darak beradi. Endi oʻqituvchilarni oʻzi oʻzgarishi kerak. Biz muallimlar Renessans tushunchasini odamlarga aniq tushuntirib berishimiz lozim.

Birinchi Renessansni tushuntirishda quyidagi manbaalar asos boʻladi. Avstriyalik atoqli olim Adam Mesning “Musulmon Renessansi” asaridagi bu atama faqat Yevropaga oid emas, balki Renessans ulardan oldin Sharqda boshlanganligini taʼkidlaydi. Rossiyalik akademik N.N.Konrad Renessans VII-VIII asrlarda Xitoyda boshlanib, VIII asrda Hindistonda davom etgani, undan keyin IX-XII asrlarda islom mamlakatlari ilmda inqilob qilganlarini aytadi. Bizni ajdodimiz ikki Renessansni boshdan kechirdi. Birinchisi IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi-XVI asr birinchi choragi. Darhaqiqat, Birinchi Renessans davrida diyorimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy, Buxoriy, Termiziy, Motrudiy, Abul Muin Nasafiy kabi buyuklar dunyo sivilizatsiyasining tamal toshini qoʻydilar. Hozirgacha qayerda qanday xalqaro ilmiy anjuman boʻlmasin dunyo olimlari ularni oʻz sohasining buyuklari deb tan oladilar.

Ikkinchi Renessans vakillari Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod kabilar. Eʼtibor bering, bu buyuklar ichida meʼmorlar, bastakorlar, tarixchilar, musavvirlar bor. Biz faqat maʼlum olimlarnigina yozmoqdamiz, xali qancha oʻrganilmagan olimlar bor. Yuksalishning ikkinchi nafasi Amir Temur va temuriylar davrida yana qayta jonlandi. Dunyo olimlari Oʻrta Sharq Uygʻonish davrini Alisher Navoiy davrigacha deyishadi. Hatto Javoharlal Neru Boburni ham Renessansning vakili deb aytgan.

Endigi maqsadimiz har ikki Renessans davrida biz dunyoda ilgʻor edikmi, shu darajalarga yana erishmoqchimiz. Shu bizdan talab qilinmoqda. Bu yerda yana shuni taʼkidlash kerakki, avvalgi ikkala Renessans metindek maʼnaviy-mafkuraviy negizda, yuksak axloq, ilmparvarlik, bagʻrikenglik negizida boʻlgan. Islom dini arkonlarida ilm olish, halollik, xaromdan hazar qilish, adolat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash farz qilingan. Agar biz ham maktab yoshidanoq bu tushunchalarni bolalar shuuriga singdira olmasak maqsadga erisha olmaymiz.

Professor Abdurahim Erkayevning taʼkidlashicha, Uchinchi Renessans toʻrtinchi sanoat inqilobi bilan bir vaqtda kechadi. Shu sababdan u, avvalo, texnologik inqilobni, yuksak rivojlangan raqamli smart-aqlli iqtisodiyotni taqozo qiladi. Oʻz navbatida, raqamli, smart iqtisodiyotga oʻtish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, robotlashtirish talab etiladi. Mana shu jarayonlar Renessans gʻoyasi bilan mafkuraviy bogʻlanishi maktab oldiga katta vazifalarni qoʻyadi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, Uchinchi Renessans maktablarni xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot bilan integratsiyasini talab qiladi. Uchinchidan, biz oʻzligimizni maʼnaviyatimizni saqlab qolishimiz darkor. Demak bu yerda koʻrinib turibdiki, biz taʼlim-tarbiya tizimimizni shunga moslashtirishimiz kerak.

Holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi. Renessans degan bilan u birpasda sodir boʻlmaydi. Yuqorida nomlari tilga olingan buyuklarning ota-onalari keyin madrasadagi ustozlari nechogʻlik saʼyi harakatlari, qolaversa yaratganni oʻzi ato etgan talant va zehnlari tufayli shu maqomlarga erishganlar. Hozir ham bunday isteʼdod egalari maktablarda bor. Shular yangi dasturlar, nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, sunʼiy intellekt yaratadilar. Faqat ularni oʻz vaqtida payqash va toʻgʻri yoʻnalish berilsa kifoya.

Hozir maktablarda faqat Uchinchi Renessansni amalga oshirib biz Vatanimizda farovon hayotni barpo eta olamiz degan gʻoyani singdira olsakkina biz ilgʻor davlatlar qatoriga kira olamiz degan fikr hammada boʻlishi kerak. Shunda maqsadimizga erishamiz.

Baxtiyor KARIMOV,
Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchinchi Renessansning mohiyatini bolalarga yoshlikdanoq tushuntirishimiz zarur