Farg‘ona tumanida yashovchi Shoiraxon Isroilova “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining xo‘jalik qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan. Ammo 2019 yilda nohaqlikka duch kelgan.

Ya’ni Sh.Isroilova 2019 yil 13 aprel kuni korxona balansiga asosiy vositalar sifatida kiritilgan va o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan, bahosi 14 million 308 ming 900 so‘mlik 29 dona mebel hamda 300 metr pol artish uchun mo‘ljallangan matoni oylik hisobotlarga qalbaki ma’lumotlar kiritish orqali, qolaversa, qorovul Davlatjon Homidjonov bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda jamiyatning “Parvoz” nomli markaziy omboriga o‘rnatilgan suv inshootining 19 million 713 ming 360 so‘mlik qismini noma’lum shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda aybli deb topilgan.  

Oqibatda Shoiraxon Isroilova va D.Xomidjonovlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2020 yil 1 fevraldagi hukmiga asosan ikkala shaxsga jinoiy jazo tayinlangan. Xususan, Sh.Isroilova Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi, 228-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, kodeksning 45 va 59-moddalari tartibida 1 yil moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 3 yil ozodlikni cheklash jazosiga mahkum etilgan. Shuningdek, sudlanuvchilardan jamiyatga yetkazilgan zararlarni undirish ham belgilangan. Ammo...  

Ammo Shoira opa o‘zini aybsiz deb bilardi. Binobarin, u sud hukmidan norozi bo‘lib, yuqori sud instansiyalariga murojaat qilgan. Aniqrog‘i, o‘tgan 3 yil mobaynida Sh.Isroilovaning shikoyatlari Farg‘ona viloyat sudi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida 5 marotaba ko‘rilgan. Oltinchi marotaba esa avvalgi barcha ajrimlarning unga oid qismi bekor qilinib, yangidan apellyatsiya instansiyasida ko‘rish uchun Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.  

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jinoyat ishini yangidan ko‘rish jarayonida Shoiraxon Isroilovaning aybsizligi o‘z tasdig‘ini topgan. Natijada Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2021 yil 12 oktyabrdagi hukmining Shoiraxon Isroilovaga oid qismini bekor qilgan holda uni aybsiz deb topib, oqlagan. Shuning barobarida oqlanuvchiga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini tegishli tartibda bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirilgan.  

Sh.Isroilova oqlov hukmi chiqqunga qadar fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilib, o‘zining avvalgi vazifasiga ishga tiklash, majburiy progul uchun ish haqi hamda ma’naviy zarar undirishni so‘ragan. Biroq sud mazkur da’voni qisman qanoatlantirib, ayolga 5 million so‘m ma’naviy zarar undirish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilgan. Tabiiyki, Shoiraxon Isroilova oqlov hukmidan ruhlanib, Farg‘ona viloyat sudiga apellyatsiya shikoyatini bergan.  

Apellyatsiya sudi majlisida da’vogar ayolning ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilgani ham ayon bo‘ldi.  

Mehnat kodeksining 271-moddasiga binoan, mehnat shartnomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilingan yoxud xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda, u mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak. Binobarin, Farg‘ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2023 yil 5 yanvardagi ajrimi bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 2022 yil 29 iyundagi  buyrug‘i bekor qilinib, Sh.Isroilova jamiyatining xo‘jalik bo‘limi qorovuli vazifasiga ishga tiklandi. Shu bilan birga, korxonadan xodimning majburiy progulda yurgan davri uchun 15 531 270 so‘m ish haqi undirildi. Lekin aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati bergan.  

Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan mazkur ishni ko‘rish mobaynida Shoiraxon Isroilovaning da’vosi asosli ekani ma’lum bo‘ldi.  

Fuqarolik protsessual kodeksining 419-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.  

Shu bois sudlov hay’ati Farg‘ona viloyat sudining 2023 yil 5  

yanvardagi apellyatsiya ajrimini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirdi.  

Buzrukxon Abrorov,  

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch yildan so‘ng oqlangan ayol o‘z ishiga tiklandi