Milliy Kino san’ati saroyida “Uch qahramon” filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda “Spectre Studio” studiyasi tomonidan suratga olingan bo‘lib, o‘tkir syujet va hayotiy voqealarga  asoslangan.  

Film dramatik sahnalarga boy bo‘lib, unda jinoyatchilikka qarshi kurash olib borilishi aks ettirilgan. Ekran asarida ichki ishlar xodimlarining murakkab vaziyatlarda o‘z burchlarini sadoqat, fidoyilik va qat’iyat bilan ado etishi, xalq xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi harakatlari haqqoniy tasvirlangan.  

Kartinada har bir qahramon o‘z hayoti va ichki kurashlari orqali adolatni izlash yo‘lida insoniylik va professional burchini namoyon etadi.

Filmning asosiy g‘oyasi  jinoyatchilikka qarshi kurashda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish, bunda o‘zaro hamkorlikka erishish va milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim qadriyatlarni targ‘ib etishdan iborat. Bu yondashuv filmga nainki dramatik mazmun, balki tomoshabin qalbini larzaga keltiruvchi tuyg‘ularni ham bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov “Uch qahramon” filmining mazmun va ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritdi. 

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev  ushbu filmni keyingi yillarda yaratilgan eng yaxshi asarlardan biri sifatida ta’rifladi. Shuningdek, u filmning ichki ishlar xodimlari hayotini haqqoniy ko‘rsatib berishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. 

Darhaqiqat, tinch va osoyishta, bexavotir kunlarimizda o‘z kasbiga sodiq ichki ishlar xodimlari  – osuda kunlarimiz posbonlarining xizmatlari beqiyosdir.  

Premera ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tkazilib, tomoshabinlarda iliq taassurot uyg‘otdi.

Ushbu film ichki ishlar tizimi xodimlarining fidoyiligini ko‘rsatishi bilan birga, xalq va davlat o‘rtasidagi mustahkam aloqani yuksak badiiy uslubda ifoda etadi.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uch qahramon” – osoyishtalik posbonlari haqidagi haqqoniy film