Yoshlar kamolotida keksa avlodning boy tajribasi, ular bosib o‘tgan sharafli yo‘lni o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuvlarning alohida o‘rni bor.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” ham yigit-qizlarning harbiylar hayoti haqida, vatanni himoya qilish va sadoqat tushunchalari haqida tasavvurlari yanada oshirishga xizmat qildi. Afg‘on urushi veteranlari o‘z so‘zlarida yorqin misollar orqali qanday og‘ir kechinmalarni boshidan o‘tkazganliklarini, bugungi tinchlik va osuda hayotga o‘z-o‘zidan erishilmagani, Vatan oldida farzandlik burchini ado etish, atrofimizdagi voqealarga befarq bo‘lmaslik haqida bo‘ldi.
Ma’lumki, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni yurtimizda keng nishonlandi. Uchrashuv doirasida sana munosabati bilan maktabning harbiylashtirilgan guruhlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar qilindi, o‘quvchilarning Vatan va uning himoyachilarini madh etuvchi she’rlar o‘qildi, qizlarning milliy raqslari, veteranlar ijrosidagi jonli kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fjZ7hNlxOoI" title="UCH AVLOD UCHRASHUVIDA VATANPARVALIK MAVZUSI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Albatta bu kabi tadbirlar yoshlar uchun harbiy xizmat mas’uliyati hamda vatanparvarlik hissini oshirishga xizmat qiladi.
Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA