“Coscom” MCHJ (“Ucell” savdo belgisi) poytaxt hokimligi koʻmagi bilan 24-oktyabr kuni Navoiy shoh koʻchasida 36 tup kashtan koʻchatlarini ekdi.

Aksiya 2019-yil avgust oyida Mahtumquli koʻchasida daraxt ekishda qatnashish bilan boshlangan ishlarning mantiqiy davomi boʻldi. Oʻsha vaqtdan boshlab “Ucell” koʻngillilari Toshkentdagi beshta park zonalarida koʻchat ekishda ishtirok etib, 615 tup koʻchat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishgandi.

Toshkent shahrining Sirgʻali tumani hokimligi koʻmagida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududi tozalanib, Sirgʻali mavzesining yangi kichik tumanda “Viktoriya xiyoboni” barpo etildi. Ushbu ikki tadbir doirasida ishtirokchilar 3-4 yoshdagi 80 tup chinor ekdilar.

photo_2020-10-26_10-07-18.jpg

Bu yil “Ucell” koʻngillilari bahorda karantin eʼlon qilinishidan oldin Toshkentda nastarin xiyoboni ekishga va Qarshi va Navoiy shaharlarida hind nastarini va ispan daraxtlarini ekishga muvaffaq boʻlishdi. Daraxt ekish geografiyasi kengaymoqda.

Yana bir ekologik aksiya Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtdi. 29-sentyabr - 1-oktyabr kunlari Termiz shahrining asosiy koʻchalarida, Sanʼat saroyi parki va Amudaryo qirgʻogʻida, Termiz shahar hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi koʻmagi bilan “Ucell” xodimlari 1200 kashtan koʻchatlarini ekdilar.

“Bu yili kashtan tasodifan tanlanmadi. Landshaft dizayni boʻyicha mutaxassislarning taʼkidlashicha, u atrof-muhitga yaxshi taʼsir qiladi, havoni oltingugurtli gazlardan tozalaydi va changni oʻzida saqlaydi. Ayniqsa, u keng shahar va park xiyobonlari va bulvarlarga oʻtqazilsa juda yaxshi. Va, albatta, uning tutun va gazlarga chidamliligi zavodlarni, sanoat zonalarini, energetika inshootlari va boshqa joylarni koʻkalamzorlashtirishda koʻp ekilishiga sabab boʻladi”, - deydi “Ucell” kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Nasimov.

Sentyabr oyida UzReport telekanalining Navoiy shoh koʻchasi tarixiga bagʻishlangan “Shahar oqshomi” telekoʻrsatuvi paytida dastur mualliflarida Navoiy koʻchasidagi turli sabablarga koʻra daraxtlar ildiz otmagan joylarni koʻchatlar bilan toʻldirish gʻoyasi tugʻildi.

Oʻshanda, Baxtiyor Nasimov va Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxoʻjayev qoʻshma ekologik tashabbus oʻtkazishga kelishib oldilar.

“Biz ushbu aksiyada ”Usell “ga yordam berishga oʻylab oʻtirmasdan rozilik berdik. Daraxtlarni ekish — biz doimo qoʻllab-quvvatlaydigan faoliyat. Bu nafaqat shahar qiyofasini shakllantirib, sogʻlom, yashil koʻrinishga ega boʻlibgina qolmay, balki shahar aholisiga ham foyda keltiradi. Bugun biz bu yerga kompaniya tomonidan taqdim etilgan 36 tup kashtan daraxtini ekdik”, - dedi Furqat Mahmudxoʻjayev.

2020-yil 24-oktyabrda Navoiy shohkoʻchasida boʻlib oʻtgan aksiyada poytaxt hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ucell” ekologik aksiyalarni davom ettiradi
Жамият
11:19 / 26:10:2020