Futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi “Osiyo kubogi – 2026” musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslari qit’amizning 11 mamlakatida o‘tmoqda.

Musobaqaning barcha guruhida birinchi tur bahslari yakunlandi. Jumladan, "A" guruhida Iordaniya 11:0 hisobida Butan termasini taslim etgan bo‘lsa, Xitoy Taypeyi – Turkmaniston bahsi 1:5 hisobida yakunlandi.

"B" guruhida esa Yaponiya termasi Afg‘onistonni 3:0 hisobida yengdi va dastlabki 3 ochkoga ega bo‘ldi. Myanma va Kuvayt bahsida hisob ochilmadi. Natijada bu jamoalar 1 ochkoga ega bo‘ldi. "S" guruhida esa Vetnam – Bangladesh 2:0, Singapur – Yaman 1:2 hisoblari qayd etildi. G‘olib jamoalar gollar nisbatiga ko‘ra, 1-2 pog‘onalarga ko‘tarildi. "D" guruhida Avstraliya olimpiya terma jamoasi Shimoliy Mariana orollari darvozasiga javobsiz 14 ta gol urgan bo‘lsa, Xitoy 2:1 hisobida Timor Leste termasidan ustun keldi.

Biz uchun ahamiyatli bo‘lgan "E" guruhida O‘zbekiston U23 terma jamoasi Shri Lanka termasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Qirg‘iziston esa o‘z uyida o‘tayotgan ushbu saralashda Falastinni 2:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Shu tariqa, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz guruhda mezbonlar bilan bir xil - 3 ochko jamg‘ardi va gollar nisbatiga ko‘ra guruh peshqadamiga aylandi.

"F" guruhida Tailand va Livan termalari 3 ochkoga ega chiqib, 1-2-o‘rinlardan joy olgan bo‘lsa, Malayziya va Mo‘g‘uliston jamoalari quyi pog‘onada qoldi. "G" guruhidan o‘rin olgan Iroq 8:1 hisobida Pokistondan ustun kelib, 3 ochko to‘plagan holda birinchi pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, Kambodja va O‘mon uchrashuvida hisob ochilmadi va jamoalar 1 ochko bilan 2-3 o‘rinda qoldi.

"H" guruhida kutilganidek Qatar va Hindiston termalari birinchi turda zafar quchib, 3 ochkoga ega chiqqan bo‘lsa, 3-4 o‘ringa Bruney va Bahrayn joylashdi. "I" guruhida ham BAA va Eron terma jamoalari Guam va Hong Kongni taslim etib, favoritga aylanib oldi.

Koreya Respublikasi terma jamoasi "J" guruhida Makaoni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochko bilan karvonboshiga aylandi. Indoneziya va Laos to‘qnashuvida hisob ochilmagani bois jamoalarga 1 ochko taqdim etildi. "K" guruhida ikkinchi tur oldidan Tojikiston va Suriya terma jamoalari, Nepal hamda Filippinni mag‘lubiyatga uchratdi hamda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U23 yosh toifasidagi “Osiyo kubogi – 2026” saralashining birinchi turi yakunlandi