Urugvayning sobiq prezidenti, dunyoda “eng kambag‘al prezident” sifatida tanilgan Xose Muxika 89 yoshida olamdan o‘tdi. Uni qisqa qilib ispanchasiga erkalab “Pepe” deb chaqirishardi. Uning vafoti haqida mamlakatning amaldagi rahbari Yamandu Orsi ma’lum qildi.

"Biz hamkasbimiz Pepe Muxikaning vafotini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilamiz. U faol rahbar va chin inson edi. Sizni juda sog‘inamiz, aziz oqsoqol. Xalqingizga bo‘lgan muhabbatingiz uchun tashakkur", — deb yozgan Orsi.

Xose Muxika yoshligidanoq siyosiy faoliyatga qiziqqan. 1960–70 yillarda mamlakatdagi so‘l radikal harakat a’zosi sifatida faoliyat olib borgan va taxminan 14 yilni harbiy qamoqxonalarda o‘tkazgan.

Xose Muxika 2005–2008 yillarda Urugvayning qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan, 2009 yilda “Keng front” so‘l partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida saylovda ishtirok etib, g‘alaba qozondi. 2010–2015 yillarda Urugvay prezidenti bo‘lib xizmat qildi. U nafaqat siyosatchi sifatida balki oddiy turmush tarzi bilan tanilgan inson edi.

Muxikaning hayotga va hokimiyatga munosabati butun dunyoda e’tirof etildi. U davlat rahbari sifatida faoliyat yuritgan paytlarida rasmiy qarorgoh o‘rniga, shahar chetidagi kichik fermada rafiqasi bilan yashashni afzal ko‘rdi. Mavqeiga qaramasdan, 90% maoshini xayriya ishlariga sarfladi. U 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle avtomobilini haydar, umuman shohona hayot unga yot edi. 2014 yilda uning eski mashinasini 1 million dollarga sotib olish taklifini berganlarga rad javobini bergan.

Muxika nafaqat soddaligi, balki chuqur falsafiy nutqlari, insonparvarlik g‘oyalari bilan ham mashhur edi. U shu sababli senatorlik nafaqasidan ham voz kechgan edi.

2024 yilda unga qizilo‘ngach saratoni tashxisi qo‘yilgan va bu dardning davosizligini bilib shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, davolanishni rad etishga qaror qilgan:

"Men keksa insonman va ikkita surunkali kasalligim bor. Jarrohlik yoki biokimyoviy davolash mening organizmimga og‘irlik qiladi", — degan edi u bir intervyusida.

Xose Muxika insoniyatga oddiylik va haqiqiy yetakchilik qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib ketdi. Uning hayoti — faqat siyosiy faoliyat emas, balki vatanga va insoniyatga xizmat qilish, doim xalq bilan birga bo‘lish namunasi edi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sl1ycV0Q5B8" title="U dunyodagi eng kambag‘al prezident edi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U dunyodagi eng kambag‘al prezident edi (+video)