U-17 jahon chempionatida O‘zbekiston futbolchilari Ispaniya va Kanada bilan bir guruhdan joy oldi
Shveysariyaning Syurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Aytish lozimki, 24 davlat terma jamoasi qatnashadigan mazkur chempionat ishtirokchilari to‘rtta savatchaga bo‘lingan bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi Yangi Zelandiya, Eron, Senegal, AQSH Marokash jamoalari bilan uchinchi savatchadan joy olgan edi.

Tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhda Ispaniya, Mali va Kanada terma jamoalari bilan birgalikda jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
"A" guruh: Indoneziya, Ekvador, Panama, Marokash.
"B" guruh: Ispaniya, Kanada, Mali, O‘zbekiston.
"C" guruh: Braziliya, Eron, Yangi Kaledoniya, Angliya.
"D" guruh: Yaponiya, Polsha, Argentina, Senegal.
"E" guruh: Fransiya, Burkina Faso, Koreya Respublikasi, AQSH.
"F" guruh: Meksika, Germaniya, Venesuela, Yangi Zelandiya.
Indoneziya futbol maydonlarida kechadigan jahon chempionati guruh bosqichidagi birinchi tur o‘yinini hamyurtlarimiz 10 noyabr kuni Mali terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
13 noyabr kuni bo‘ladigan ikkinchi turda vakillarimiz Kanada bilan kuch sinashadi.
16 noyabr kuni guruhning so‘nggi o‘yinida terma jamoamiz a’zolari Ispaniya terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasidagi mundial joriy yilning 10 noyabr - 2 dekabr kunlari Indoneziya davlatida tashkil etiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA