Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning bilim saviyasi hamda malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib o‘tkazilayotgan o‘quv kurslarining dastlabki darsi institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Quvondiq Qodirov tomonidan “Yangi Konstitutsiya va yoshlar siyosati” mavzusi bo‘yicha olib borildi.

Bir oylik o‘quv kurslari davomida tyutorlar Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar, globallashuv sharoitida yoshlarni Vatanga muhabbat hamda sadoqat, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni, kitobxonlik hamda ekologik madaniyatni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va yoshlarga oid davlat siyosatining boshqa muhim masalalari yuzasidan o‘z bilimlarini tegishli mutaxassislar rahbarligida mustahkamlab boradi.

O‘quv kurslari yakunlari bo‘yicha tyutorlarning egallagan bilim hamda ko‘nikmalari yozma hamda test shaklida sinovdan o‘tkazilishi, ularning faoliyati samaradorligi maxsus mexanizm (KPI) bo‘yicha baholanishi rejalashtirilgan.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tyutorlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi