Bugun dunyoda yirik axborot markazlari o‘rtasida informatsion kurash kundan-kun avj olib bormoqda. Shu bois, yoshlarimiz axborot ta’sirida bir tomonlama fikrlaydigan bo‘lib qolishlarining oldini olish va mustaqil fikrga ega, tanqidiy fikrlaydigan talaba-yoshlarning har tomonlama dunyoqarashini shakllantirish dolzarb hisoblanadi.

Axborot hujumlari avj olgan bir davrda globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la boshlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarning turli tahdidlarga uchrayotganlari haqida ko‘p eshitamiz. Mana shu jihatlarning oldini olishda tyutorlar ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, sog‘lomlashtirishga oid turli tadbirlar orqali talabalarning axborot saralash immunitetini shakllantiradi.    

Bugungi kunda respublikamizdagi 130 ta oliy ta’lim muassasasida 3 ming 85 nafar tyutorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 2 ming 879 nafari davlat, 162 nafari nodavlat hamda 44 nafari xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida faoliyat yuritadi.    

Tyutorlik institutini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga ko‘maklashish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mavjud muammolarini bartaraf etish, shuningdek, shaxsiy-kasbiy rivojlanishida yaqindan yordam berishdan iborat.  

Oliy ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida uzluksiz kasbiy ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodir bo‘lgan professional malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb bo‘lib bormoqda.  

Talabaning kasbiy, shaxsiy rivojlanishi, nazariy-majmuaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni har tomonlama egallashi, turli vaziyatlardagi muammolarni to‘g‘ri tahlil qilishi, ularni hal qilish yo‘llarini tushunishida tyutorlarning maslahat va ko‘maklari muhim.  

Shunday ekan, bugungi kunda tyutorlarga yuklatilgan eng asosiy vazifa har bir talabaning oilaviy sharoiti, darslarga muntazam qatnashishini nazorat qilish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. Ayniqsa, universitetga qarashli talabalar turar-joylari yoki ijara asosida istiqomat qiladigan talabalarning yurish-turishi, atrofidagi do‘st-dugonalari kim ekani, qiziqish va xohish-istaklaridan ham xabardor bo‘lish kabi vazifalar ham tyutorlar e’tiboridan chetda qolmasligi kerak.    

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 sentyabrdagi qaroriga asosan oliygohlarda talaba-yoshlar bilan ishlash uchun tyutorlik vazifasi yo‘lga qo‘yildi. Bunda 1-3-kurs talabalarining ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy rivojlantirishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.  

Bugungi kunda har bir oliy ta’lim muassasasidagi 120-150 nafar talabaga 1 ta shtat birligida tyutorlar faoliyat olib bormoqda. Shunga ko‘ra, tyutorlarning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha joriy yil 20 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 36-son qarorida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.    

Oliy ta’lim muassasalaridagi ja’mi 1 ming 868 nafar tyutor joriy yilda malaka oshirish kurslariga jalb etilmoqda. Shundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalarining 587 nafar tyutorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining 1 ming 281 nafar tyutorlari masofaviy (onlayn) malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.  

19 iyun kunidan reja-grafik asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida barcha oliy ta’lim muassasalaridagi tyutorlarning malakasini oshirish kursi boshlandi.  

Mazkur malaka oshirish kurslarida ja’mi 123 nafar tyutorlar tahsil oldi va ulardan kursni muvaffaqiyatli yakunlagan 117 nafari sertifikat bilan ta’minlandi.  

Malaka oshirishda tyutorlik maxsus pedagogik ish usuli sifatida talabaning o‘z individual ta’lim dasturini o‘rganib chiqishi, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ya’ni talabaning yangi kasbiy pozitsiyasini  shakllantirish jarayonida muhim o‘rin tutishi kabi jihatla o‘rganildi.    

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, talaba-yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, talaba-yoshlarni bilimli va komil inson etib tarbiyalashda bugungi tyutorlarning o‘rni alohida  mahim ekanligini unutmaslik kerak.  

Tyutorlarning asosiy maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda muassasa va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning muassasa hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish hamda talabalarning darslarda o‘z vaqtida ishtirok etishlarini nazorat qilishdan iborat.  

Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi. Ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.  

Tyutorning vazifasi talabalarning tashabbuslari va qiziqishlarini namoyon qilishi uchun maydon yaratib berishdan iborat. Bu umumiy ta’limning istalgan darajalariga taalluqli. Tyutorlik vositalari yosh xususiyatlari va o‘qituvchi rivojlanishining ijtimoiy holatiga mos ravishda o‘zgarishi kerak.  

Umuman olganda, malaka oshirish davomida tyutorlarning dunyoqarashi kengayib, bilim va pedagogik tajribasi yanada oshadi. Tyutorlar talaba-yoshlarning ko‘makchisi sifatida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya, o‘quv-uslubiy va boshqa jarayonlarda faoliyat olib boradi.  

Bugungi kun tyutorlari faol bo‘lib, oliygohlarda talabaning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashyapti. Ularning shaxsiy rivojlanishi va kasbga yo‘naltirish, shuningdek, muammo hamda kamchiliklarini o‘rganib, milliy g‘oya hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalamoqda.  

Nargiza DO‘SIMBETOVA,    

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  

huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy  

faolligini oshirish markazi bosh mutaxassisi  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda