Twitter aksiyalari qiymatini yoʻqotmoqda
Xakerlar Twitterni buzib kirganidan keyin kompaniya aksiyalari narxi AQSHdagi dastlabki savdolarda 5 foizdan ham pastlab ketdi.
Xakerlar Twitterni buzib kirganidan keyin kompaniya aksiyalari narxi AQSHdagi dastlabki savdolarda 5 foizdan ham pastlab ketdi.
“Bir dona aksiyaning narxi 33,8 dollargacha arzonlashdi, Aksiyalar qadrsizlanishi 5,24 foizni tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.
16-iyul tunda nomaʼlum xakerlar koʻplab mashhur kishilarning akkauntlarida bir xildagi eʼlonlarni bera boshladi. Xakerlar hujumiga uchraganlar orasida Tesla asoschisi Ilon Mask, AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden, sobiq prezident Barak Obama, milliarder Bill Geyts va boshqalar mashhur siyosatchi va tadbirkorlar bor. Eʼlon mualliflari joʻnatilgan bitkoinlarni 30 daqiqa davomida ikki barobar oshirib qaytarishni vaʼda qilishgan.
Bir necha soat oʻtgandan keyin Twitterni texnik qoʻllab-quvvatlovchi guruh akkauntlarning aksariyat qismi oʻz faoliyatini tiklagani, ularda xabarlar yozish mumkinligini eʼlon qilgan, lekin baribir, uzilishlar boʻlishi haqida ogohlantirgan.
Twitter asoschisi va rahbari Jek Dorsi boʻlib oʻtgan hodisalar chuqur tahlil qilib boʻlingandan keyin, bu haqda kompaniya albatta maʼlumot berishini vaʼda qildi.