Dunyoda eng oxirgi turon yo‘lbarsi 1970 yillarda, Qoraqalpog‘istonda esa 1957 yilda otib o‘ldirilgan.

Hozirda Turon yo‘lbarsining faqat qotirilgan nusxasini Qoraqalpog‘iston madaniyati va tarixi muzeyida ko‘rish mumkin.

Dunyoda 7 ta yo‘lbars turi mavjud: amur, xitoy, sumatra, yava, bash, hind (bengal) va turon. Turon yo‘lbarsi Amur yo‘lbarsidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan eng yirik yirtqichdir.

Turon yo‘lbarsining uzunligi 180-280 sm, dumi 90 sm, salmog‘i esa 220-300 kg. Harakatchanligi oqshom tushishi bilan tonggacha bo‘lgan. Turon yo‘lbarsi 1940 yillarga qadar Qoraqalpog‘istonning 30 dan ortiq hududida uchrab turgan. Ular asosan Amudaryo deltasidagi to‘qayzorlarda, changalzorlarda, balandligi 4-7 metr keladigan qalin qamishzorlar orasida yashagan.  

Qoraqalpoqlarda yo‘lbars mardlik, adolatning ramzi sifatida baholangan. Folklorda ham, yozma adabiyotda ham u ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi. Yo‘lbars qancha kuchli hayvon bo‘lgani bilan u yangi tug‘ilgan qizilchaqa bolasini chumolilar talayotganda, oyog‘iga tikan kirganda, inini suv olganda va boshqa hollarda inson yordamiga muhtoj.  

Hanuzgacha qoraqalpoq qishloqlarida yo‘lbarslarning qabristonlarga ziyorat qilganlarini ko‘rgan, eshitgan kishilar bor. Yo‘lbars qabristonga kelganda hechkim uyidan chiqmagan. Yo‘lbarsning ikkinchi nomi sherdir. Kimdir u bilan to‘satdan uchrashib qolsa, “sherim, sherim” deb yupatgan. Rivoyatlarda aytilishicha, yo‘lbars odamga hujum qilmoqchi bo‘lganda, “sherim, sherim, menga emas, oyga chop” deyishgan.  

Haqiqatdan ham, Turon yo‘lbarsi odamga birinchi bo‘lib tashlanmaydi, yaralanganda yoki quvg‘inga uchragandagina hujum qilishi mumkin. Suvda yaxshi suzadi, ovga faqat qorong‘u tushganda chiqadi.  

U o‘z o‘ljasini uzoqdan turib 4-5 metrgacha sakrab, sezdirmasdan, juda ehtiyotkorlik bilan tutgan. Uning uyqusi qattiq bo‘lib, 1 yoki 1,5 sutkagacha davom etgan.  

Yo‘lbarsning aqirishi fevralning 2-yarmidan mart oyi boshlariga qadar davom etgan. Aynan shu davrlarda ular juftlashish mavsumini o‘tkazgan. Bo‘g‘ozligi 95-112 kun. Ikki yilda bir marotaba bolalaydi. Bolalarini onasi boqadi va tug‘ilgan paytlarda otasini bolalari qoshiga yaqinlatmaydi. Odatda 2-4 bola tug‘adi. Bolalari tug‘ilganda 1,3-1,5 kg salmoq bosadi. 6-8 kungacha ko‘zlari ochilmaydi.  

Yo‘lbarslar 40-50 yil umr ko‘radi.  

Qoraqalpog‘istonda yo‘lbarslarning bosh soni 1920-30 yillarda 70 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1940 yillarga kelib 20 taga kamaygan. 1942 yilda 12, 1947 yilda 6 tasi qayd qilingan. 1935 yildan 1950 yilgacha 11 ta yo‘lbars otib o‘ldirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston hududida yo‘lbars 1957 yilgacha yashagan.

Turon yo‘lbarsining qirilib ketishiga XIX asrda odamlarning Markaziy Osiyoga ommaviy migratsiyasi sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik hollarda yirtqich hayvonlarni harbiylar otib tashlashgan. Chunki yirtqichlardan aziyat chekkan mahalliy aholi harbiylardan ularni otib tashlashni so‘ragan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ehtiyoji uchun o‘rmonzorlarning ko‘p miqdorda qirqib tashlanishi ularning yashash joylaridan mahrum qilinishiga va ozuqasidan ayrilishiga olib kelgan.

Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati muzeyi ko‘rgazmasidagi yo‘lbars mintaqadagi oxirgi Turon yo‘lbarsi bo‘lib, muzeyga 1980 yilda Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Delbar Ishkulov tomonidan topshirilgan va narxi 2000 rublga baholangan. So‘ng 4 yil davomida leningradlik taksidermist M.A.Zaslavskiy tomonidan ishlov berilgan.

Ye.Qanoatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turon yo‘lbarsi haqida nimalarni bilamiz?