Joriy yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida futzal bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatining rasmiy timsoli e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Xon ismli Turon yo‘lbarsi musobaqaning timsoliga aylangan.  

Kuch-qudrat va jasorat timsoli hisoblangan Turon yo‘lbarsi o‘ziga xos mahorati, chaqqon harakat qilishi va yuqori tezligi bilan ajralib turadi. Ushbu jihatlar mazkur timsolni futzal sport turi bilan bog‘laydi. 

O‘rta Osiyoning yo‘qotilgan boyligi deya ta’riflanadigan Turon yo‘lbarsining Jahon chempionati timsoli, deya e’lon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga yana bir bor undadi.  

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiya termalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.    

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turon yo‘lbarsi futzal bo‘yicha Jahon chempionati timsoliga aylandi