Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida madaniyat va san’atni rivojlantirish, iqtidorli bolalarni aniqlash hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tgan yil “Turon” maktab teatri respublika tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

O‘tgan o‘quv yildagi tanlovda respublikamiz bo‘yicha 12 ming 673 ta jamoa (101 ming 384 nafar o‘quvchi) uch shart asosida uch bosqichda kuch sinashdi. Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 208 ta jamoa (1 664 nafar o‘quvchi) hududiy bosqichda qatnashgan edi.

Tanlovning bu yilgi yangi mavsumi ham yuqori saviyada tashkil etilib, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar 45 ming 288 tani tashkil etdi. Bu tanlov o‘z navbatida 362 ming 304 nafar o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi. Tanlovning yangi mavsumida soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, joylarda tuman-shahar bosqichlari joriy yilning 24-28-fevral kunlari o‘tkazildi. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 45 ming 288 ta jamoa ishtirok etdi. O‘z navbatida Qibray tumanida ham mazkur tanlovning Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Viloyatda dastlabki sektor bosqichida 920 dan ziyod jamoalar qatnashib, unda 7 ming 360 nafar o‘quvchi qamrab olindi. 

Tuman-shahar bosqichlarida 125 ta jamoa ikkita shart asosida o‘zaro bellashib, har bir hududdan jami 22 ta teatr jamoasi viloyat bosqichiga yetib keldi. Dastlabki tanishtiruv va savol-javob, keyingi asar taqdimotida ham o‘quvchilar o‘z bilim va iste’dodlarini namoyish qildi. 

Ularning taqdimotlari mamlakatimizdagi taniqli ijodkorlar, sohaning ustalari, el sevgan san’atkorlar tomonidan yuqori baholandi. Barcha shartlarda yaxshi natija ko‘rsatgan Qibray tumani yoshlari uchinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Yangiyo‘l tumani jamoasi qo‘lga kiritdi. Eng yuqori ballar bilan Chirchiq shahar iste’dodli o‘quvchilari birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

G‘olib jamoalar qimmatbaho esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar taqdim etildi. Hududiy bosqichda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar iyun oyining birinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turon” maktab teatri yangi iste’dodlarni kashf qilmoqda