Mamlakatimizda bir guruh yurtdoshlarimiz «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ular orasida «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ham bor. Mazkur «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda tantanali ravishda topshirilmoqda.
– Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida esdalik nishon bilan taqdirlanishim, barcha mukofotlanganlar singari meni ham g‘ururlantirdi. Turmushimiz, faoliyatimiz, ishlashimizu dam olishimizning kafolati mana shu Konstitutsiyadir. Buni teran anglagan, ich-ichidan his qilgan kishi borki, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning chinakam bayram ekanligini anglaydi, – deydi Ulug‘bek Yusupov.

M.Qosimova, O‘zA