Turmush davridagi barcha mulklar er-xotin o‘rtasida taqsimlandi
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga nikoh davomida orttirilgan umumiy mulkdan ulush ajratish bo‘yicha ijro varaqasi kelib tushgan.
Ijro hujjatida tortishuvga sabab bo‘lgan mol-mulklarning uzundan-uzun ro‘yxati aksini topganki, hujjatda taqsimlanmagan ashyolar qolmagandek, go‘yo. Qisqasi, do‘kondan tortib mashinalargacha, uy jihozlaridan tortib idish-tovoqlargacha er-xotinga teng bo‘lib berilgan.
Byuro xodimlari ushbu hujjat ijrosini ta’minlash jarayonida Andijon shahridagi savdo do‘koni natura holida ayolga qolishini va eriga do‘konning teng qism qiymati undirib berilishini ta’minladi.
Shunday qilib, ayol 72,4 mln. so‘mni sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga to‘lab berdi.
Oldinda ijrosi talab etilgan mulklar talaygina. Byuro xodimlari bu boradagi ishlarini davom ettirmoqda.
O‘zA