Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytadi: «Tarbiya beruvchining o‘zi, avvalo, tarbiyalangan bo‘lishi kerak».

Ibn Sino onasi Sitorabonudan, Amir Temur onasi Takina xotundan, Bobur Mirzo onasi Qutlug‘ Nigorxonimdan, Munavvar qori onasi Xosiyatxon otindan, Abdurauf Fitrat onasi Bibijondan, Ishoqxon Ibrat onasi Huribibidan, Abdulla Oripov onasi Turdi momodan ilk tarbiyani, yashash ilmini, ibratni o‘rgandi.

Qaysiki ziyoli yoki ijodkorning bolalik xotiralari haqida o‘qisangiz, albatta momosi, onasidan matal, ertak, doston eshitib, birgalikda o‘qib ulg‘aygani haqida yozadi. Hayot yo‘llarida nimagaki erishgan bo‘lsa, ilk saboq, ibratni onasidan olganini aytadi. Uzoqqa bormaylik, elimizning suyukli shoiri Abdulla Oripovning she’riyatga bo‘lgan qiziqishi onasidan yuqqan. Xalq ijodiga mehri baland bo‘lgan Turdi momo vaqtini qizg‘anmay kenjatoyiga lapar, terma, qo‘shiqlar aytib bergan. O‘zi bilan kitobxonlikka, qishloqdagi oqila ayollar huzuriga boshlab borgan va Abdullaning she’rga, so‘zga mehri bolalikdan uyg‘ongan. Hazrat Navoiy, Fuzuliy, ayniqsa, Yassaviy va So‘fi Olloyor she’rlarini o‘sha paytlarda yod olgan. Onalar hamisha farzandi uchun yo‘lboshchi bo‘lgan.

bugungi zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Yon-atrofda turli tahdidlar soya solib turgan bir paytda tarbiyalangan tarbiyachilarga ehtiyoj tobora ortmoqda. Bu boradagi kechiktirib bo‘lmas vazifalar, avlodning yuksaltirish, millat kamoloti haqidagi o‘y-tashvish barcha yumushlarning avvali va dolzarbi ekanligini ko‘rsatmoqda. Har bir odam uchun ogohlik signali, chaqiruvi bo‘lib jarang sochmoqda.

Tarbiyada eng chiroyli usul ibratdir. Farzandga yuz bora, kitob o‘qigin desayu, ota-ona o‘zi qo‘liga kitob olmasa, mehrli bo‘lgin desayu o‘n, yigirma kunda biron bir qondoshini yo‘qlamasa, haromdan uzoq yurish kerak desa-da, ammo uyiga kimningdir haqqini ko‘tarib borsa, bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha telefon «kovlab», televizorga termilib kunni o‘tkazsa, bag‘rida o‘sayotgan farzandi - niholdan olinadigan meva ham shunga yarasha bo‘ladi.

Har daqiqa, har onni qadrini bilish, ta’lim-tarbiya uchun ahamiyatli tadbirlar bilan shug‘ullanish, bolaning begonasi bo‘lmaydi, deya teran qarash bilan yashash – daxldorlikdir. Bu daxldorlik o‘z vazifasini anglash hissi bilan bog‘liq.

Hadisi sharifda yozilganidek, «Har bir ota-ona o‘z farzandiga go‘zal xulq, odobdan ortiq meros qoldirmagay!». Odob, axloq, go‘zal xulq merosi yillar davomida to‘planadi, u yurganda ham, turganda ham misqollab yig‘ilib, boyitib boriladi. Otadan olganini, onadan o‘rganganini farzand o‘z umri davomida sarf etadi va tajribasi ortgani sari to‘ldirib boradi.

Mahallalarda ayniqsa, qishloq joylarda «elning vijdoni» bo‘lgan kayvoni onaxonlar bor. Ularning aytgani aytgan, degani degan. «Oldini kesib, birov o‘tolmas». Ular mahallaning yoshu keksasidan hamisha boxabar. Kimning o‘g‘li maktabni tugatdi, kimning qizi poytaxtda o‘qiyapti, qaysi ro‘zg‘orda ayolning ovozi balandroq chiqmoqda, qaysi xonadonda e’tiborga muhtoj qariya bor. Bu savollarning javobi ularning kuzatuv daftaridan, albatta o‘rin olgan. Shu sabab ham kimki mahallaga qadam qo‘ysa, sovchi bo‘lib kelar bo‘lsa, avvali shu kayvoni momolar huzurida bo‘ladi. Bu odat, an’ana yillar davomida shakllanib, qadriyatga aylangan. Ular oqila ayollar, ular fozila ayollar. Biz oilada, farzand tarbiyasida, yoshlarni hayotga tayyorlash ishlari – elning yuzi bo‘lgan oqila onaxonlarning tajribasi, ilmi va saboqlariga tayanamiz. Ehtiyojimiz bor.

Yuqoridagi fikr, mulohazalar joriy yilning 1 mart kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda ishtirok etayotib ko‘nglimdan kechdi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Xotin-qizlar va oila ishlari davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Yurtimiz ayollariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning iqtidor va salohiyatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator vazifalar ilgari surildi.

DAVLAT RAHBARINING E’TIBORI...

Dunyo suv yuzidagi ko‘pikdek qalqib turgan bir paytda barcha ishni bir yonga surib, ayollar masalasida qayg‘urish, xotin-qizlarimizni rozi qilish, hayotda mamnun yashashlariga erishish yo‘lida barcha kuch, imkoniyatlarni safarbar etish – onaga hurmat, ayolni e’zozlashning oliy namunasi.

Yangi O‘zbekistonning ayollari uchun yangicha yondashuv va dunyoqarash bilan yangi imkoniyatlar, yangi imtiyozlar joriy etildi. Bayram tantanalari arafasida, 7 mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmon imzolandi.

Xotin-qizlar uchun yuksak ahamiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar, imkoniyatlar yaratildi. Xususan, xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasi davlat tomonidan kafolatli to‘lab beriladi, ehtiyojmand yolg‘iz ayollarning farzandlari uchun davlat bog‘chalari to‘lovi byudjetdan qoplab beriladi, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi qabul qilinadi.

Poytaxtda asosan xotin-qizlarni o‘qitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Joylarda uning texnikumlari ham ochiladi. Ayollarimiz ulushi past bo‘lgan aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishidagi OTMlarda xotin-qiz talabalar ulushi hozirgi 24 foizdan 40 foizgacha yetkaziladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida davlat byudjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtiriladi. Qo‘mita huzurida «Olima ayollar jamiyati tashkil etilib, ilmga intilayotgan xotin-qizlar maqsadli qo‘llab-quvvatlanadi. Telekanallarda iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual va innovatsion tashabbuslarini rivojlantirish maqsadida «Bilimdon qizlar» teleko‘rsatuv, o‘z hayoti va faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xotin-qizlar to‘g‘risida ibo-hayo, poklik, sabr-toqat va ilmga intilish singari ezgu qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi «Ayol muvaffaqiyati» ruknidagi teledasturlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yiladi.

Oila muqaddas dargoh, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalarga beriladigan «Ibratli oila» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi va 15 may – Xalqaro oila kunida topshiriladi. Ayolning uquvli, zukko, tadbirkor bo‘lishi oila to‘kisligini ta’minlaydi. Shundanmi, yildan yil mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yangidan-yangi imtiyozlar joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur Farmonda belgilangani kabi, tadbirkorlik sub’ektlari orasida xotin-qizlarning ulushini 40 foizgacha yetkaziladi va xotin-qizlarga o‘z tomorqasida gul va meva-sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yish uchun 35 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ayolga ishonch bildirilsa, rag‘bat ko‘rsatilsa, u yanada chiroy ochib, bori bilim, salohiyatini namoyon etib mehnat qiladi, ijod qiladi.

Bugun ayollarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini oshirish, ularning iqtidori va bilimi, tajribasidan foydalanish ishi yangi bir ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. 2024 yil 1 yanvarga qadar, barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o‘rinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.

Olib borilayotgan bu kabi chora-tadbirlar ezgulik uchun xizmat qiladi. Zulfiyaxonim aytgani kabi, hayot kitobini bexos varaqlab, quyidagi adolatli haqiqatga ko‘zimiz tushadi:  "Oilada ham, jamiyatda ham hamjihatlik bo‘lishi, o‘sish, yuksalish omillari – ayolning donoligiga bog‘liq. Bu donolik, bu tafakkur - mehr-muhabbatni mustahkamlaydi. Elparvar, yurtsevar o‘g‘il-qizlarni kamol topishi uchun mustahkam zamin yaratadi".

Ziyoda Aminova,

Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turli tahdidlar soya solib turgan bir paytda tarbiyalangan tarbiyachilarga ehtiyoj ortmoqda