Turkmaniston davlat mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlamoqda. An’anaga ko‘ra, bayram tantanasi ashxobodliklar va xorijlik mehmonlar yig‘ilgan Milliy mustaqillik bog‘ida boshlandi. Davlat madhiyasi sadosi ostida Prezident Serdar Berdimuhamedov yodgorlik majmuasi lavhiga gulchambar qo‘ydi.

So‘ngra hukumat, parlament, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar rahbarlari va vakillari, oqsoqollar, chet el diplomatik missiyalari rahbarlari, mehmonlari Turkmaniston milliy qadamjosiga hurmat bajo keltirdi. Harbiylar “Davlat tribunasi” majmuasi oldidan saf tortib o‘tdi.

Bayram arafasida poytaxtda mamlakatdagi korxona, tashkilot va muassasalar ilg‘or xodimlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari farmoniga ko‘ra, alohida xizmatlari uchun bir guruh fuqarolar orden, medal, faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. Prezident vatandoshlariga ushbu muhim sana munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

– Qudratli davlatimizning yangi – Uyg‘onish davrida ishonchli va mas’uliyatli hamkor sifatida suveren Vatanning xalqaro nufuzi izchil yuksalmoqda, – deyilgan maktubda. – Butun insoniyat manfaati, xususan global xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasidagi tashabbuslarimiz e’tirof etilmoqda. O‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish barobarida dunyo davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli muloqotni faollashtirmoqdamiz. 

Bunday hamkorlik do‘stona, ochiq va ko‘p tomonlama xususiyatga ega. Nufuzli tuzilmalar, xususan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan munosabat jadal rivojlanmoqda. Mustaqil betaraf Vatanning jahondagi nufuzini oshirish, fuqarolar baxtli hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni faol davom ettiramiz. Vatanparvarlik, tinchlik, do‘stlik kabi mustahkam tamoyillar, demokratik huquqiy va dunyoviy davlat barpo etish borasidagi milliy tajribaga tayangan holda, bor kuch-g‘ayratimizni jahon miqyosidagi mavqeimizni yuksaltirishga yo‘naltiramiz.
San’at ustalari ijrosida mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan katta konsert dasturi namoyish etildi.

M.Pirmatova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistonda Mustaqillik bayrami