Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 868 nafar mahkumni afv qildi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 868 nafar mahkumni afv qildi. Bu haqda Turkmaniston Davlat axborot agentligi ma’lum qildi. Davlat axborot agentligining ta’kidlashicha, afv qilish to‘g‘risidagi farmon mehr-shafqat va insonparvarlik prinsiplariga amal qilgan holda va mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan qabul qilindi. Mustaqillik kuni 27 sentabr kuni nishonlanadi.

Turkmanistonning davlatga tegishli OAVning xabar qilishicha, afv qilinganlar “ozodlikdan mahrum qilish tarzdagi asosiy jazoni o‘tashdan, shuningdek ma’lum bir hududda yashash majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi qo‘shimcha jazodan” ozod qilinadilar.

Sobiq mahbuslar bayramni oila davrasida nishonlashlari uchun huquq tartibot idoralariga barcha rasmiyatchiliklarni bayramga qadar yakunlashlari topshirildi.

Turkmaniston prezidenti turli bayram va muhim sanalar munosabati bilan bir yilda bir necha bor amnistiya e’lon qiladi. So‘nggi bor amnistiya 2019 yil martida Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan va o‘shanda 2028 kishi afv etilgan edi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmanistonda 868 nafar mahkum afv qilindi
Жамият
17:21 / 24:09:2019