Turkmaniston va Rossiya hamkorligi
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti etib saylangach ilk xorijiy rasmiy safarini Rossiyadan boshladi.
10 iyun kuni Vladimir Putin bilan yakkama-yakka va keyin delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ikki davlatning hozirgi munosabatlari ko‘rib chiqildi va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Muzokaralar yakunida dolzarb sohalardagi hamkorlikning taraqqiyotiga bag‘ishlangan 15 ta shartnoma imzolandi. Davlat rahbarlari Turkmaniston va Rossiya o‘rtasida strategik hamkorlikni chuqurlashtirishga oid deklaratsiyani imzoladilar.
Vladimir Putin Serdar Berdimuhamedovni “Drujba” (“Do‘stlik”) ordeni bilan mukofotladi.