Turkmaniston va Ozarbayjon e-TIR tizimi bo‘yicha yuk tashish xizmatini ishga tushirdi
Ozarbayjon Xalqaro avtomobil tashuvchilari assotsiatsiyasi (ABADA) bosh kotibi Kenan Gurbanovning ma’lum qilishicha, Turkmaniston va Ozarbayjon e-TIR tizimidan foydalangan holda sinov yuk tashish xizmatini ishga tushirdi.
Yuk Qozog‘istondan Ozarbayjonga Kaspiy dengizi orqali yetkazib berildi va keyingi qadam uni Turkmanistonga jo‘natish bo‘ladi - bu ikki mamlakat o‘rtasidagi birinchi elektron TIR jo‘natmasidir.
Ta’kidlanishicha, e-TIR tizimi qog‘oz TIR karnetini almashtiradi, xalqaro yuklarni qayta ishlash va tranzit qilishni tezlashtiradi.
Kelajakda e-CMR elektron yuk varaqasini joriy etish rejalashtirilgan, bu esa transport qatnovini yanada soddalashtiradi.
ABADA ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon allaqachon e-TIR uchun infratuzilmani to‘liq tayyorlagan va Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan elektron ruxsatnomalar almashinuvini amalga oshirmoqda.
S.Rahimov, O‘zA