Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yangi kitobi nashrdan chiqdi
Davlat matbuotining maʼlum qilishicha, bu “К новым высотам прогресса” (“Taraqqiyotning yangi choʻqqilari sari”) toʻplamining 11-tomidir.
Davlat matbuotining maʼlum qilishicha, bu “К новым высотам прогресса” (“Taraqqiyotning yangi choʻqqilari sari”) toʻplamining 11-tomidir.
Koʻp tomlik kitob turkman, ingliz va rus tillarida nashr qilindi. Kitobga asosan Prezident Berdimuhamedovning 2017 yilda soʻzlagan nutqlari, dasturiy chiqishlari, maqolalari, intervyulari va murojaatlari kiritilgan.
“Kitobda xalqaro prinsiplarga binoan Turkmanistonni har tomonlama gullab yashnashi yoʻlida mamlakatda olib borilayotgan konstitutsion va huquqiy islohotlarga katta eʼtibor qaratilgan”, deya xabar berdi davlatga qarashli TDX axborot agentligi.
“Navbatdagi kitobda 2017 yilning eng muhim voqeasi sifatida Gurbanguli Berdimuhamedovning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlangan prezidentlik saylovlari aks etgan – u uchinchi bor oliy davlat lavozimiga qayta saylandi. Ayni shu faktning oʻzi davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosiy yoʻnalish turkman xalqi tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlanayotganining yorqin ifodasidir”, – deya taʼkidlanadi axborot agentligi xabarida va kitobda ijtimoiy taraqqiyot masalalari aks etgani qayd qilinadi.
Birgina 2017 yilda Prezident Berdimuhamedov muallifligida turli mavzularga oid bir nechta kitob nashrdan chiqdi.