Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Turkmaniston MSK vakillari ham saylov jarayonini kuzatmoqda
Markaziy saylov komissiyasida xalqaro kuzatuvchilar missiyasi a’zolari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Bugun Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev rahbarligidagi mamlakatimiz MSK jamoasi Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi Raisi Gulmurat Muradov boshchiligidagi delegatsiya bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida bu yilgi deputatlik saylovi mutlaqo o‘zgacha ruhda, qolaversa shaffoflikka tayanilgan tizim asosida kechayotgani ta’kidlandi.
Suhbat davomida mehmonlar saylov jarayonidagi bevosita ishtirokdan mamnunliklarini qayd etdi.
Ikki qardosh xalqning o‘zaro munosabati so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotganiga urg‘u berildi. Kelajakda umumiy sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirib, muloqot va amaliy ishlar samaradorligini oshirishga kelishib olindi.
O‘zA
Muallif: gayratxonnazarov
https://uza.uz/posts/650733
Ulaşiş





