Turkmaniston JSST ekspertlarini qabul qilishga tayyor
Uning taʼkidlashicha, muzokara chogʻida Turkmaniston JSST ekspertlarini qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Turkmaniston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakat Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari missiyasini qabul qilishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
RIA Novostining xabar berishicha, Meredov xorijiy diplomatlar va jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida toʻxtalar ekan, yaqinda JSSTning Yevropa byurosi bilan onlayn-muloqot boʻlib oʻtganiga urgʻu berdi. Uning taʼkidlashicha, muzokara chogʻida Turkmaniston JSST ekspertlarini qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.

“Mendan keyin sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri Nurmuhammed Amannepesov ham xuddi shunday onlayn-muzokara oʻtkazdi. Biz tashkilot missiyasining yurtimizga tashrifini tashkil qilishga tayyor ekanimizni tasdiqladik. Bu borada muammo boʻlishi mumkin emas”, – deb taʼkidlagan Turkmaniston tashqi siyosat mahkamasi rahbari.
Meredovning maʼlum qilishicha, hozir Turkmaniston tomoni JSST missiyasining kelishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan maslahat olib borishmoqda. Uning taʼkidlashicha, Turkmaniston JSST vakillarini qiziqtirgan istalgan muassasaga tashrifini tashkil etadi.