“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1-dekabrdan elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar boʻladi
2019-yil 1-dekabr sanasidan respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini maʼlum qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakatimiz aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020-yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan maʼlum kelishuvga erishdi.
2019-yil 1-dekabr sanasidan respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini maʼlum qilamiz.