Toshkent davlat yuridik universiteti va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida “Talabalar va o‘qituvchilar akademik almashinuvi to‘g‘risida”gi kelishuv imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda TDYUU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov, Anqara Yildirim Boyazid universiteti prezidenti Ibrohim Aydinli va ikki oliy ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ikki universitet rahbarlari o‘z universiteti faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy salohiyat hamda mazkur imzolanayotgan hamkorlik kelishuvining maqsadi, vazifalari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur kelishuv TDYUUning Anqara Yildirim Boyazid universitet mutaxassislari bilan yaqindan ish olib borishi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlash, har ikki mamlakatda yuridik ta’lim va fanni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kelishuvga muvofiq, bir akademik yil davomida 5 nafar talaba va 2 nafar professor-o‘qituvchi almashinuvi imkoniyati yaratildi. Shuningdek, magistratura va doktorantura bosqichida ham almashinuv dasturlarini joriy etish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Anqara Yildirim Boyazid universiteti TDYUUning Turkiyadagi yagona hamkori hisoblanadi. Mazkur universitet delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yilligi munosabati o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti bilan kelishuv imzolandi