Turkiyada yana yer qimirladi
Kecha, 16 fevral kuni Turkiyaning Xatay viloyatida 5.1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Zilzila epitsentri O‘rta Yer dengizining 10 kilometr chuqurligida, qirg‘oqdan 5 kilometr masofada joylashgan. Hayriyat, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hech qanday xabar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, o‘n kun avval – 6 fevral kuni mamlakatda 7.4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 ming kishidan oshgan, 108 mingdan ziyod fuqaro jarohatlangan.
Turkiya bilan chegarada joylashgan Suriya, Livan, Iroq va Kipr mamlakatlarida ham zilzila sezilgan.
O‘zA