Turkiyada savdo binosi qulab tushdi
Turkiyaning Malatya shahrida ikki qavatli savdo binosi qulab tushdi. Vayronalar ostidan 13 kishi qutqarib olindi.
Malatya gubernatori Oydin Barushning jurnalistlarga aytishicha, qulash vaqti bino ichida taxminan 20 kishi bo‘lgan.
Qutqaruv guruhi vakili xabariga ko‘ra, 13 kishi jarohat sabab kasalxonaga olib ketilgan.
Hukumat vakili ta’kidalashicha, binoning birinchi qavatida ta’mirlash ishlari ketayotgani sabab uning tayanch qismlariga zarar yetgan bo‘lishi mumkin. Shu bois, tergov ishlari boshlab yuborilgan.
2016 yil Istanbul shahri markazida besh qavatli bino qulagan edi. Ammo o‘sha vaqtda binoda hech kim bo‘lmagan. 2019 yil Istanbulning Kartal tumanida sakkiz qavatli bino qulab tushgan va fojia oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 nafardan ziyod kishi turli darajada jarohat olgan edi.