Turkiyada muddatidan oldin saylov o‘tkazilmaydi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an muxolifatning muddatidan ilgari saylov o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risidagi bayonotiga javob berdi.
“Mamlakatda prezidentlik va parlamentga saylov muddatidan oldin emas, balki belgilangan muddatda, ya’ni 2023 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadi”, dedi davlat rahbari.
Biroz avval Erdog‘an Turkiya prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodini qayta qo‘yishini e’lon qilgandi.