Turkiyada milliy san’atimiz namoyish etildi
Turkiyaning Side shahrida X Xalqaro musiqa va raqs festivali bo‘lib o‘tdi. Nufuzli xalqaro madaniy tadbirda 30 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatimiz san’atkorlari tomonidan tayyorlagan konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki ruh ulashdi. Xushovoz xonandalar ijrosidagi ajoyib kuy-qo‘shiqlar va iste’dodli raqqosalarning yorqin milliy raqslari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Xususan, ishtirokchilar o‘zbek san’atining nafosati, jozibasi va o‘ziga xos an’analarini o‘zida mujassam etgan chiqishlarni iliq kutib oldilar. Milliy ko‘y-qo‘shiqlar yana bir bor xalqimizning boy madaniyati va san’atga bo‘lgan yuksak hurmatini ko‘rsatdi.
Tadbir davomida turli xalqlarning madaniyati va san’ati o‘zaro uyg‘unlashib, do‘stlik va ahillik muhiti yanada mustahkamlashdi.
Bu kabi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda ijodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Orash Akaboyev, O‘zA