Turkiyada maktablar 6 sentyabrdan ochiladi
Turkiya Ta’lim vazirligi 6 sentyabrdan maktablar ochilishi va darslar boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda ta’lim vaziri Ziyo Selchuq bayonot berdi.
- Biz maktablarni 6 sentyabr kuni ochishga qaror qildik, - deydi Ziyo Selchuq. - Bu yo‘nalish bo‘yicha Ta’lim vazirligi barcha sa’y-harakatlarni ishga soladi. bugungi kunda «agarda….», degan variantlar muhokama qilinmayapti. Bizning maqsad maktablarni ochish.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, maktablarni ochishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida asosiy e’tibor ta’lim muassasalarini dezinfeksiyalashga qaratilmoqda. O‘quvchilarning Ota-onalar assotsiatsiyasi (Veli Der) maktablarda mashg‘ulotlarni tiklash kampaniyasini boshlab yuborgan edi. Ularning fikricha, bolalarning masofadan turib dars olishi samara bermas ekan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA