Bugun Turkiyaning “TRT Avaz” telekanali ijodkorlari Oʻzbekistonning eng soʻlim goʻshalaridan biri Jizzax viloyatining Zomin tumani haqida lavhani efirga uzatdi.

Bundan avvalroq Turkiyaning “TRT Avaz” telekanali hamda “Anadolu” axborot agentligi ijodkorlari Zomin tumanida boʻlib, ushbu koʻrsatuvni tayyorlab ketishgandi.

“Anadolu” axborot agentligi bir asrlik tarixga ega dunyoning nufuzli axborot magnatlaridan boʻlsa, “TRT Avaz” telekanali koʻrsatuvlari 140 mamlakatda efirga uzatiladi. Shu bois ular tomonidan Zomin haqidagi koʻrsatuv ham yuksak mahorat bilan tayyorlangan.

Koʻrsatuv ijodkorlari Zominning goʻzal tabiati, noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosi butun jozibasini, goʻzalligini keng va qiziqarli qilib koʻrsatib berishdi. Manzaralar namoyishi davomida mamlakatimiz hukumati tomonidan Zomin tabiatni himoya qilishda, turizmni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maroqli xikoya qilindi.

Hududda noyob archazor mavjud. Bu yerda 1216 oʻsimliklar turi uchrab, ularning 21 turi Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. “Zomin” qoʻriqxonasida shifobaxsh oʻsimliklarning 20 turdan ortigʻi oʻsadi. Sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi va sut emizuvchilarning 30 turi uchraydi. Qoʻngʻir ayiq va Turkiston silovsini Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil Kitobi”ga kiritilgan.

Zomin tabiatining manzaralarini namoyish etish davomida bu yerda turizmni rivojlantirishda, sogʻlomlashtirish maskanlari barpo etishda amalga oshirilgan ishlar haqida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari ham berilgangani koʻrsatuvning yana-da mazmunli chiqishini taʼminlagan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya televideniyesida Zomin haqida koʻrsatuv berildi
Жамият
12:30 / 26:09:2020